Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metan-shoxobchalar bosqichma-bosqich ochila boshladi
Bugun, 30 yanvardan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari faoliyati grafik asosida qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ma’lumotni Kun.uz'ga Energetika vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi.
Foto: Kun.uz
Shoxobchalar faoliyatining qayta yo‘lga qo‘yilayotgani havo haroratining iliyotgani va quvurlarda gaz bosimi oshishi bilan bog‘liq.
AGTKSlarning bosqichma-bosqich ochilish grafigi va ochilgan shoxobchalarning ishlash vaqtlari hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyidan buyon havo harorati keskin sovigan vaqtlarda metan-shoxobchalar faoliyatiga bir necha marta cheklovlar kiritildi.
So‘nggi cheklov bir necha haftadan buyon davom etmoqda. Buning ortidan AYoQShlarda benzin uchun turnaqator navbatlar yuzaga kelmoqda.
Cheklov eng ko‘p Toshkent shahridagi AGTKSlarga ta’sir qilmoqda: ular o‘tgan yili 4 dekabrdan buyon yopiq qolayotgan edi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda hali ochilmagan, lekin ochilishi mumkinligi aytilayotgan metan-shoxobchalar oldida uzun navbatlar hosil bo‘lib ulgurgani aks etgan videolar paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi
18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi
21:33 / 24.03.2025