Şu yilning 7–8 sentabr kunlari AOKA tomonidan jurnalistlar uçun kambağallik röyxati («temir daftar»)ga olingan oilalar holati bilan tanişiş, ularga körsatilayotgan yordamlarni örganiş maqsadida Qaşqadaryo viloyatiga press-tur taşkil qilindi.

Press-tur davomida viloyatning qator hududlarida aholi vakillariga körsatilayotgan yordamlar, odamlarni daromadli qiliş borasida qilinayotgan işlar bizni xursand qilgan bölsa, yana ayrim hududlarda körganimiz xöjakörsinga qilinayotgan işlar hafsalamizni pir qilgani ham bor gap.

Quyida Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi bir mahalla misolidagi örganişlarimiz haqida söz boradi.

8 sentabr kuni, erta tongdan tuman hokimi Alişer Zokirov ijodiy jamoamizni Yakkatut mahallasiga boşladi. Uning aytişiça, mahallada 81 nafar fuqaro oilaviy şaroiti oğirligi va pandemiya vaqtida daromadini yöqotgani uçun «temir daftar»ga olingan.

Zokirovning qöşimça qilişiça, uşbu fuqarolarning 6 nafariga mahalla hududidagi samarasiz deya hisoblangan 10 gektar boğ hududi sabzavotçilik fermer xöjaligi sifatida bölib berilgan.

Mazkur dala hududida bizni kutib olgan Yakkatut mahallasi raisi Bahodir Yangiboyev bizni :«Bu odamlar «temir daftar»da bölgani uçun ularga yer berdik va yaqin orada kambağallik röyxatidan ham çiqarmoqçimiz, çunki endi ular doimiy daromadli kişilar», deya mahallaning 6 nafar fuqarosi bilan uçraştirdi.

Qarangki, bizga taniştirilgan kişilar ham mahalla raisining gaplarini tasdiqladi. Ya'ni ular özini «temir daftar»da bölgani uçun yer olgan kişilar sifatida körsatişdi.

Ammo biz barçasiga yana bir bor işonç hosil qiliş uçun uşbu fuqarolarning ism-şariflarini mahallaning «temir daftar»idagi fuqarolar röyxati bilan soliştirib körmoqçi böldik. Ammo soliştirişda ma'lum böldiki, bizga körsatilgan 6 nafar fuqarodan faqatgina bir nafari mahallaning «temir daftar»iga kiritilgan ekan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli. Bu haqda sal keyinroq.

Biz dastlab «temir daftar»da bölmagan, ammo bizga röyxatda deya körsatilgan 6 nafar fuqaroning holati yuzasidan mahalla raisi Bahodir Yangiboyevdan izoh söradik. Ammo Yangiboyevning javobi juda mujmal. Xuddiki, barçasiga yer olgan odamlarning özi va ularning bilimsizligi sabab.