Qashqadaryoda qo‘lbola gazli suv tayyorlash uskunasi portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Yana bir kishi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Kun.uz
Qashqadaryoda qo‘lbola gazli suv tayyorlash uskunasi portlashi bilan bog‘liq noxush hodisa sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 15 iyun kuni soat 12:00 larda Kitob tumani dehqon bozori oldida sodir bo‘lgan.
Kitob tumani “Guliston” MFYda yashovchi fuqaroga tegishli qo‘lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi uskunaning suv saqlash idishiga kislorodli ballondan ko‘p bosim berilgani tufayli u yorilib, portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda, Kitob tumani va Shahrisabz shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan ulardan biri vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasida Kitob tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘ona shahri Qirguli mavzesi Yangi asr ko‘chasida 27 may kuni soat 10:00 lar chamasida gazli suv sotish shoxobchasida uglerod qo‘shoksidi gazi to‘ldirilgan ballon portlagan. Oqibatda gaz suv sotish bilan mashg‘ul bo‘lgan 12 yoshli bola va uning otasi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

15:26 / 25.04.2025