Kun.uz sayti Past Darğom tumani «Qöqoni» mahallasida «Temir daftar»ga kirgan oila haqida maqola e'lon qilgandi. Ammo hozir gap jöja bilan kambağalçilikdan çiqiş haqida emas. Xullas, navbatdagi spektakl!
«1000 ta jöja bilan beş oyda kambağalçilikdan çiqiş mumkinmi?» sarlavhali maqolada Doston Tirkaşev ismli yoş yigitning tadbirkorlikni boşlagani, sekin-asta oila öz imkoniyatlarini tiklab borayotgani va uning otasi ayni vaqtda Rossiyada (mehnat muhojirotida) ekanligi yoritilgandi.

Uşbu maqola e'lon qilingaç, öşa qişloqdan köplab e'tirozlar böldi. Sababi, Dostonning otasi Rossiyada emas, şu yerda – mahallaning raisi ekanligi aytildi! Qiziq, öşa kuni mahalla raisi Husniddin Tursunovning özi ham şu yerda, bizning yonimizda edi-ku?!
Şu örinda öquvçida tasavvur paydo bölişi uçun öşa kungi voqealarga qisqaça töxtalib ötsak. Suhbatga tuman prokurori Asror Valiyev sektor rahbari sifatida bevosita guvoh bölgandi. Ta'bir joiz bölsa, mazkur xonadonni kambağalçilikdan çiqarişda boş-qoş bölayotganini tasdiqlagandi.
Mahalla raisi Husniddin Tursunov tuman prokurori Dostonning tadbirkorlik qilişiga kömaklaşayotgani, quduqqa nasos taşlab bergani haqida gapirgandi. Qolaversa, oilaga davlat tomonidan naqd pul körinişda moddiy yordam berilgani, uyi esa haşar yöli bilan ta'mirlangani ham ma'lum qilingandi.
Tasavvur qiling: öğil şu yerda, ota – mahalla raisi şu yerda. Sektor rahbari (prokuror!) esa özi haqidagi iliq gaplarni eşitib, tasdiqlab turibdi! Yiğilganlar kambağal oilani namunali qilib «temir daftar»dan çiqariş böyiça spektakl «tomoşa qilyapti»!
Bizga avvalgi maqolani öqigan öşa qişloqliklar murojaat qilişgaç, Kun.uz muxbirlari ikkinçi marta öşa xondonga borişdi.
«Qöqoni» mahallasi katta bir megapolis emaski, mahalla raisini birov tanimasa. Köçada hamma mahalla raisining uyi şu, deb 1000 ta jöja boqilayotgan uyni körsatdi. Dostonning ukasi bilan suhbatlaşdik. Buni qarangki, yoş yigit mahalla raisining farzandi ekanligini bizdan yaşirişga urindi. «Dadam Rossiyada, mahalla raisi bu uyda turmaydi», dedi.


















