Kun.uz'ga Yoşlar işlari agentligi Kitob tumani bölimi rahbari Sohib Rahmonov ekani aytilgan audio yozuv kelib tuşdi. Unda tumandagi yoşlar yetakçilari maoşidan paxta terimi uçun 3 mln sömdan pul uşlab qolinayotganini eşitiş mumkin. Rahmonovning özi buni rad qildi.
Kun.uz’ga Kitob tumani mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoşlar yetakçilaridan murojaat kelib tuşdi. Unda Yoşlar işlari agentligi Kitob tumani bölimi rahbari Sohib Rahmonov topşiriği bilan yetakçilardan paxta terimi uçun pul yiğilayotgani ma’lum qilingan.
“Yoşlar işlari agentligi Kitob tuman bölimi boşliği xodimlardan söramasdan, heç qanday tuşuntirişsiz avans pullarimizni naqd körinişida olib qöymoqda. U har bir yetakçidan 3 mln sömdan uşlab qolinişini aytib, sentabr oyi uçun avans pullarimizni bermasdan, vedomostga qöl qöyişga majburladi”, deyiladi murojaatda.

Murojaat bilan taqdim qilingan audioda bölim hisobxonasiga avans pulini oliş uçun borgan Samariddin Abduxalilov ismli yoşlar yetakçisining Sohib Rahmonov bilan suhbatini eşitiş mumkin. Hisobçi unga 2,3 mln sömlik avans pulidan 1,5 mln söm kamligini, bölim rahbari Sohib Rahmonov paxta uçun olib qolganini aytgan.
Yetakçi va bölim rahbari örtasidagi suhbat şunday keçgan:
- “Aka, kelgandim, paxtaga pul uşlab qolamiz deyaptilar.
- Ha, jöra, töğri, keça sizga aytuvdim-ku, nima jinnini yoqasiz?
- Mening şaroitimni bilasiz-ku, qarz olib berdim 5 sanaga.
- Jirallamang, jöra, hamma qatorisiz, öylamang.
- Qanday hamma qatoriman, aka, rözğorimda heç narsa yöq, kreditimni yopişim kerak.
- Ha, jöra, birovning nomiga kredit olma.
- Özimning nomimga olganman, aka, birovning nomiga emas.
- Şanğillama, ovozingni tuşir, jöra, ötkazib qöygan joying bölsa ayt, qaytarib beray.
- Kimdan sörab naqd pulga çiqarilgan vedomostlar?
- E, jirillama deyapman, köp gapirma.







