Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gepatit C aniqlangan bemorlar dorilar bilan bepul ta’minlanadi
2022-2023 yil davomida 120 mingga yaqin tibbiyot xodimlari virusli gepatit B infeksiyasiga qarshi to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Maftuna Saidova / Foto: AOKA
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova 28 iyul – Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni munosabati bilan mazkur yo‘nalishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Joriy yilning 1 iyulidan boshlab har yili respublika aholisi skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimer zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit C turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10 500 nafargacha yetkaziladi.
Kasallik yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari orasida gepatit B infeksiyasining oldini olish maqsadida emlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 2022-2023 yil davomida 120 mingga yaqin tibbiyot xodimlari virusli gepatit V infeksiyasiga qarshi to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 08.01.2026
Dori sotib olish uchun retseptni qanday olish mumkin?
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
15:22 / 06.01.2026
Ozdiruvchi ukol va dorilar: qachon iste’mol qilish mumkin emas?
11:07 / 25.12.2025