Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beltepada suv quvuri yorilib ketdi
Telegram kanallarida Toshkent shahrining Beltepa dahasida issiq suv quvuri yorilib ketgani va ko‘chada issiq suv daryo bo‘lib oqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
«Toshissiqquvvati» davlat unitar korxonasi Shayxontohur tumani bo‘limi bosh muhandisi Said Qahhorovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hodisa Shayxontohur tumani Beltepa mahallasidagi 9-uy yonida sodir bo‘lgan.
«Hodisaga aynan nima sabab bo‘lgani haqida hozir bir narsa deyolmaymiz. Bu avariya ro‘y bergan joydagi quvurlarni ochganimizdan keyin ma'lum bo‘ladi.
Hozir suvni o‘chirib, kavlashni boshladik. Ayni paytda suv tashqariga chiqmayapti. Kanaldagi suvni tortib olganimizdan keyin quvurni ochib, muammoni zudlik bilan bartaraf qilamiz. Taxminan 3 soatlarda issiq suv va issiqlik ta'minotidagi uzilish tiklanadi», deydi mutasaddi.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026