Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh bilan sammitni bekor qilish haqida tahdid qildi
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kim Ke Gvan AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni Koreya yarim orolini Livan misolidek yadrosizlantirish bo‘yicha taklifi uchun tanqid ostiga oldi. Bu haqda NHK telekanali Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar qilgan.
AQSh bilan muzokaralarda uzoq vaqtdan beri ishtirok etib kelayotgan Kim Ke Gvanning bayonotida aytilishicha, KXDR Iroq va Liviyaning yo‘lidan ketmoqchi emas. Uning fikricha, bu davlatlarda, ular g‘arb mamlakatlariga bo‘ysunganidan keyin tanazzul yuz berdi.
Kim Ke Gvanning qo‘shimcha qilishicha, KXDR mamlakat yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvini bekor qilishi mumkin. Bu Qo‘shma Shtatlar bosim o‘tkazish siyosatini davom ettirsa yuz beradi. Hozircha sammit 12 iyunga belgilangan, u Singapurda bo‘lib o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Tramp bilan muzokaralar qanday shartda o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026