Şimoliy Koreya Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp nafaqat yadro muammosini hal qiliş, balki Pxenyan bilan munosabatlarni yaxşilaşdan ham manfaaatdor bölsagina AQŞ bilan oliy darajada muzokaralarni ötkazadi. Bu haqda mamlakat TIV rahbarining birinçi örinbosari Kim Ge Gvan ma'lum qildi.

"Agarda, Tramp ma'muriyati AQŞ va KXDR örtasida oliy darajadagi muzokaralarga Amerika-Koreya munosabatlarini yaxşilaş böyiça samimiy manfaatdorlik bilan çiqsa, unda bizning javob ijobiy böladi", - deya vazir örinbosarining bayonotini keltiradi Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligi.

Kim Ge Gvanning sözlariga köra, biroq agar KXDR yadrosizlaniş haqida bir tomonlama talabni eşitsa, unda Pxenyanda “bunday muloqotga qiziqiş bölmaydi”.

Ma'lumot uçun: Tramp va KXDR yetakçisi Kim Çen Inning muzokaralari Singapurda 12 iyun kuni bölib ötişi kerak.

Avvalroq, KXDR rasmiylari Janubiy Koreya bilan 17 may kuniga belgilangan oliy darajadagi uçraşuvni, şuningdek, 12 iyun kuni ötkazilişi kerak bölgan AQŞ iştirokidagi sammitni bekor qilişga qaror qilgani aytilgandi.

Janubiy Koreya esa KXDRning vazirlar darajasida muzokaralar ötkazişdan tösatdan boş tortgani tufayli afsusda ekanini bildirdi.