Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDAU tomonidan olib kiriladigan texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan qishloq xo‘jalik texnikalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari, avtotransport vositalarini bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4421-sonli qaror ijrosini ta'minlash, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida ta'lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilinishi mumkin.
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qishloq xo‘jalik texnikalari, agregatlari, mexanizmlari, ehtiyot qismlari, o‘quv-laboratoriya jihozlari, avtotransport vositalari 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Vahobov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
09:47 / 15.07.2025