Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
750 dollarlik qo‘shimcha to‘lov orqali suhbatga tezkor yozilish mumkin.
Donald Tramp ma’muriyati AQSh vizasi uchun suhbatdan o‘tish jarayoniga yangi pullik xizmatni joriy etmoqda. 2026 yil 1 iyuldan boshlab sayyohlik va biznes vizalari (B1/B2) uchun ariza beruvchi 10 ish kuni ichida suhbatga yozilishi mumkin. Buning uchun qo‘shimcha 750 dollar to‘lashi kerak.
Yangi dastur nimalarni taklif etadi
-
Xizmat narxi: standart viza to‘lovidan (185 dollar) tashqari 750 dollar.
-
Muddat: to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 10 ish kuni ichida suhbat.
-
Amal qilish muddati: pilot loyiha 2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha.
-
Manzillar: faqat ayrim elchixonalar va konsulliklarda (to‘liq ro‘yxat keyinroq e’lon qilinadi).
Muhim eslatma: 750 dollarlik to‘lov viza berilishini kafolatlamaydi - u faqat suhbatga yozilishni tezlashtiradi.
Ta’kidlanishicha, AQShda migratsiya siyosati qat’iylashgani sababli, ko‘plab mamlakatlarda B1/B2 vizalari uchun navbatlar sezilarli darajada oshdi - kutish muddati oylab cho‘zilishi mumkin. Yangi premium xizmat tezkorlik uchun pul to‘lashga tayyor bo‘lganlarga tizim yuklamasini qisman yengillashtirishga mo‘ljallangan.
Dastur vaqtinchalik qoida formatida ishga tushirilgan va sinov natijalariga ko‘ra baholanadi. Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat narxi davlatning haqiqiy xarajatlari asosida hisoblangan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026