Jamiyat | 11:57 / 23.09.2017
31427
1 daqiqa o‘qiladi

“Fidoiy yoshlar otryadlari”da paxta terayotganlarga sovg‘alar berildi

Foto: Kruz.uz

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” aksiyasi targ‘ibotchilar guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha tumanlarda “Fidoiy yoshlar otryadi”da paxta terayotgan uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvlarda “Fidoiy yoshlar otryadi”ning eng faol terimchilariga hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan televizor, chanyutkich, dazmol, telefon, elektron isitgich va boshqa sovg‘alar topshirilgan.

Avvalroq, endilikda fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va «Fidoyi yoshlar otryadlari» jalb etilishi xabar berilgandi.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz

Mavzuga oid