Toşkentdan qaytadigan 80 ming öquvçi-talaba, işlaşda davom etadigan öqituvçilar va qimmatlagan taksilar – Inom Majidov bilan suhbat
|16:47 / 17.03.202041 7519 min
Özbekistonda koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida ta'lim muassasalarining karantinga yopilişi ortidan Toşkent şahrida öqiyotgan talabalar doimiy yaşaş joylariga yuborilmoqda.
Ta'til hozirça ikki hafta davom etişi belgilangan.
Talabalarni karantin ta'tiliga yuboriş – kamdan-kam kuzatiladigan holat. Xöş, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bunday tadbirlarga qay darajada tayyor? Öquvçi-talabalar uçun qanday imkoniyatlar tayyorlandi? Ta'til muddati uzaytirilişi borasidagi gaplar asosga egami? Viloyatlarga qatnovçilar taksilarda narxning sun'iy oşirilişiga qarşi qanday çoralar köriladi?
Kun.uz muxbiri şu va boşqa mavzular böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov bilan suhbatlaşdi.
«Talabalarni karantin doirasida viloyatlarga yuboriş yozgi va qişki ta'til şaklida taşkil qilinadi»
Öquvçi va talabalarni ta'tilga yuboriş işlari qanday taşkil qilinmoqda va bu jarayonda qaysi jihatlarga alohida e'tibor qaratiladi? Vazir Majidovdan dastlab şu haqda söradik.
«Oliy va örta maxsus ta'lim muassasalarining öquvçi va talabalarini ta'tilga çiqariş işlarini boşladik.
Aytganingizdek, keça Boş vazir tomonidan ötkazilgan alohida yiğilişda bu haqda topşiriq berildi. Ta'tilga barça öquvçi va talabalar yuboriladi. Bunda ta'lim şakliga köra, ham kunduzgi, ham keçki öqiydiganlarning dars va tabiiyki, imtihon jarayonlari ham suriladi.
Bugun ertalabdan oliy öquv yurtlari talabalari taşkillaştirilgan holda viloyatda yaşaydiganlari viloyatlarga çiqa boşlaşdi. Bugundan barça dars maşğulotlari töxtatilgan», – dedi vazir.
Majidovga köra, bugungi kunda ta'limning barça şakllari böyiça (akademik litsey, kollej, oliy ta'lim muassasalari – tahr) Toşkent şahrida viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasidan kelgan 80 mingga yaqin öquvçi-talaba tahsil oladi.
«Bu qanday taşkil qilinadi, dedingiz. Bu xuddiki yozgi va qişki ta'til şaklida taşkil qilinadi. Bu jarayonda asosan 3 kun içida talabalarning katta massasi çiqib ketişi reja qilinmoqda. Masalan, 15 martning özida «Talabalar şaharçasi»ni 900ga yaqin talaba tark etdi. Bizda buning taşkiliy formalari bor.
Toşkentdagi «Talabalar şaharçasi»da 8 mingga yaqin talaba istiqomat qiladi. Biz ular uçun alohida kassalar taşkil qilyapmiz.
Mavzuga oid
Talabalarning çiqib ketişi uçun 4 xil transport vositalari tayyorlangan. Talabalarga esa bu transport vositalari uçun çiptalarga çegirmalar beriladi. Bugun ertalabdan çiptalar sotilişi boşlandi.
Bundan taşqari, Toşkent irrigatsiya instituti, Toşkent davlat pedagogika universiteti hamda Özbekiston davlat jahon tillari universitetida qöşimça kassalar taşkil qilinmoqda», – dedi Majidov.
«Karantin muddati sifatida 2-3 hafta yoki uzoği bilan 1 oyni möljal qilmoqdamiz»
Tasavvur qilaylik, karantin vaqti çözilib ketdi. Xöş, ana şunday holatda ta'til muddati qançagaça uzaytirilişi mumkin?
Majidovning aytişiça, vazirlik karantin muddati sifatida 2-3 hafta yoki uzoği bilan 1 oyni möljal qilmoqda.
«Baribir yaxşi niyat qilişimiz kerak. Bu unçalik keng tarqalişi kerak emas. Bu, albatta, odamlarni tinçlantirib, jiddiylik darajasini kamaytiriş degani emas. Bu – juda jiddiy masala. Şundan kelib çiqib bizga hozirça 2 hafta muddat aytildi», – deydi suhbatdoşimiz.
Vazirga köra, bu ta'til qolgan ta'tillarga qöşimça sifatida berilayotgani yöq. Ya'ni, dastur böyiça uning muddati qança bölişidan qat'i nazar yozgi ta'til hisobidan böladi.
«Bizda yozgi ta'tilga çiqiş iyun oyining örtalaridan boşlanib, uçinçi oyining örtalarida tugaydi. Ta'til mana şu kunlar hisobidan böladi. Ya'ni, tasavvur qiling öşa paytdagi bir oylik ta'til hozirgi vaqtga köçirildi», – dedi u.
Ma'lum qilinişiça, vazirlik tomonidan talabalarni masofaviy ta'lim şaklida öqitiş böyiça tayyorgarlik ham qilib qöyilgan. Ya'ni, birinçi navbatda sirtqi va malaka oşirişdagi ta'lim heç qanday talafotsiz 1-2 kun içida masofaviy ta'lim şakliga ötkazib yuboriladi.
Bu borada vazirning özi quyidagiça fikr bildirdi: «Çunki bizda dasturiy platformalar bor. Bu esa hatto ma'lum yönalişlarda işlatib kelinayotgan edi. Metodik işlarning taşkiliy jihatlarini kelişib oldik. Hozir kafedralarda iş davom etadi».
«Talabalar ta'tilga çiqdi, ammo öqituvçilarga iş jarayoni davom etadi»
Karantin tadbirlari doirasida barça ta'lim muassasalarida öqiş jarayonlarining bekor bölişi, şuningdek, ommaviy tadbirlarning töxtatilişi ortidan saytimizga öqituvçilardan köplab murojaatlar yetib keldi.
Unga köra, öqituvçilarda karantin sabab öqişlar töxtatilgan bölsa-da, iş jarayonlari davom ettirilayotgani borasida turli savollar yuzaga kelmoqda. «Biz dars bermasak, işga borib nima qilamiz, axir işimiz dars beriş bölsa», demoqda ular.
Vazir Inom Majidov bu haqda şunday deydi:
«OTM öqituvçisi haqida gapiradigan bölsak, uning kafedrada qiladigan işi judayam köp. Birinçidan, özi odatda aprel oyidan boşlab öqituvçi keyingi öquv yili uçun materiallarini tayyorlaşi kerak. Şuning uçun aprel oylaridan oliy öquv yurti keyingi öquv yilini rejalaştirişni boşlaydi.
Bunda keyingi öquv yilida qaysi öqituvçining qaysi fanlardan dars berişini aniqlaş boşlanadi. Bu aniq bölgaç, öqituvçi uning dasturini işlab çiqişi kerak. Bundan taşqari, işçi öquv dasturi, özi dars beradigan fani böyiça materiallarni töplaşi kerak.
Oliy ta'limda bir xil materialni har yili berib bölmaydi».
– Fikrlaringiz tuşunarli, lekin bu mantiq bilan yondaşsak talaba tomonidan özlaştiriladigan bilimlar, mavzular juda köp. Men barça ta'lim muassasalari karantinga olinayotgan bir paytda nega öqituvçilarni saqlab qolayotganlaringiz haqida gapiryapman. Ularni ehtiyot qiliş kerak emasmi?
Vazir bu savolga javoban OTMlar yopilgani bilan iş jarayoni töxtamasligini aytdi.
«Biz töliq karantin qildik, hamma joy yopiq deganimiz yöq. Biz faqat talabalarni ta'tilga çiqardik. Agar professor, öqituvçilar qaysi biri ta'tilga çiqmoqçi bölsa, bungayam qarşilik bölmaydi.
Qonunçilikda körsatilgan tartibda ta'tilga çiqadi. Ya'ni, mehnat ta'tili.
Bu masala keçagi yiğilişda ham gapirildi. Bilasiz, bugundan maktabgaça ta'lim muassasalari va maktablar ham yopildi. Agar qaysidir öqituvçi farzandlariga qaramoqçi bölsa, ularga ruxsat beriladi.
Biz hozir öylayapmizki, agar öqituvçi hozir ta'tilga çiqsa va öqiş jarayonlari 3 haftadan keyin boşlansa, öqituvçi yana işga çaqiriladi. Qolgan qismi esa yozda ötalaveradi», dedi Inom Majidov.
Minglab talabalar uylariga qaytmoqda: taksi narxlari muammosi nima böladi?
Talabalar orasida yengil avtomobil orqali köça taksilarida uyiga ketadiganlar köp. Afsuski, talabalar yölga çiqişini eşitgan köpçilik taksi haydovçilari xizmat narxini odatdagidan bir neça barobar oşirib yuborgan holatlar ham uçrayapti.
Bu holat hukumat tomonidan qançalik öylangan va nafsini öylagan bu kabi haydovçilarga qanday çoralar köriladi?
Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri bilan deyarli har ta'til mavsumida takrorlanadigan uşbu holat yuzasidan ham fikrlaşdik.
U 15 mart kuni Abdulla Aripov boşçiligida ötgan yiğilişda ham bu haqda söz borganini ma'lum qildi.
«Bunday haydovçilar qonun oldida javob beradi. Bizda qonunçilik bor va uning oldidagi javobgarlikni hamma sezişi kerak. Bunday nomaqbul işlar uçun albatta jazo bor, lekin undan taşqari, yöllarda doimiy qatnaydigan taksilar bor. Ammo mana şunday vaziyatdan pul topiş uçun foydalanadiganlar ham bor.
Men litsenziya masalalarini bilmayman, lekin öylaymanki, Içki işlar organlarining Yöl harakati xavfsizligi organlari buni nazorat qiladi. Mana şu kunlarda nazorat kuçaytirilsa, yana ham yaxşi bölardi.
Siz yuqorida bir masalani aytdingiz – millat jipsligi. Birinçidan, tartib bölişi uçun tartibni nazorat qiluvçi organlarning yetarli darajada kuçi bölişi kerak.
Bundan ham muhim masala esa millatning jipsligi. Bunday paytda kişilarimiz millat, xalq, vatan va farzandlar uçun mas'uliyatni sezişi kerak.
Odamlar şu davlat, xalq va millatga mansubligini sezişi kerak. Insof bölişi kerak kişida. Heç kim aytolmaydiki, bugungi 6 zararlaniş holatida yettinçi kişi kim bölişini.
Men haydovçilarimizga murojaat qilgan bölardimki, mana şunday oğir kunlarda xalqimizga xizmat qilayotganlar avval qanday narxda işlagan bölsa, şunday xizmat qilsin», dedi Inomjon Majidov.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomşa qilişingiz mumkin.