Jahon | 21:25 / 05.08.2018
4463
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh hukumati talaba va o‘quvchilarning namoyishlari sababli internet tezligini pasaytirib qo‘ydi

Foto: AP

Bangladeshda talaba va o‘quvchilar avtobus haydovchisining aybi sababli ikki o‘smir halok bo‘lgani uchun norozilik namoyishlariga chiqishdi. Namoyishchilar yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashni talab qilishdi.

Aktsiya qatnashchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali til biriktirishdi va Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi bir nechta ko‘chalarni to‘sib qo‘yishdi. AFP xabar berishicha, politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llanilgan. Yuzdan ortiq kishi jarohatlangan.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish bo‘yicha maxsus komissiya hukumat buyrug‘i bilan 3G va 4G mobil internet tezligini 24 soat muddatga sekinlashtirib qo‘ydi. Politsiya namoyishchilarning ijtimoiy tarmoqlar orqali til biriktirishlariga xalaqit berish uchun shunday tavsiyani bergan. Mamlakat aholisi tarmoqqa ulanishda muammolar yuzaga kela boshlaganini xabar qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid