Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazorat organlari rahbarlariga yana bir vakolat beriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining «Byudjyetdan mablag‘ bilan ta'minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida» 1999 yil 2 apreldagi 154-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining «Byudjyetdan mablag‘ bilan ta'minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida» 1999 yil 2 apreldagi 154-son qarori quyidagi mazmundagi 10-1-band bilan to‘ldiriladi:
«10-1. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va «O‘zneftmahsulot» aksiyadorlik jamiyati bilan kelishgan holda ixtiyorlarida bo‘lgan transport vositalari, shuningdek boshqa texnika, agregat va uskunalar uchun yoqilg‘i mahsulotlarini sarflash va yillik yo‘l bosish me'yorlari hamda tartibini tasdiqlash vakolati berilsin.».
Manfaatdor vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, bosh prokuror O.B. Murodov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025