O‘zbekiston | 13:03 / 03.01.2019
132992
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi hayvonot bog‘ida sher qorovul o‘limiga sabab bo‘ldi 

Andijon shahri va Xo‘jaobod tumani chegarasiga joylashgan «Hayvonot bog‘i»da mudhish voqea ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Baxtsiz hodisa tufayli Xo‘jaobod tumani Xidirsha MFY hududida joylashgan, «Usmonobod fayzi» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «Hayvonot bog‘i» da qorovul bo‘lib ishlagan,  Xo‘jaobod tumani Ko‘prikboshi MFY yashovchi 45 yoshli H.A. hayotdan ko‘z yumgan.
 
2018 yil 30 dekabr kuni soat 20:50lar chamasida qorovul qafasda saqlanayotgan «Simba» laqabli sherga yemish berayotgan chog‘ida hayvon uning  chap oyog‘ining son qismidan tishlab, kuchli tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.A vafot etgan. 

Tez orada tegishli idoralar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlari berilishi kutilmoqda.  

Mavzuga oid