«Hokimiyatda, sudda korrupsiya bölgaç, jurnalistlar va prezident – xalq uçun yagona umid» - Karim Bahriyev bilan suhbat
|17:17 / 14.01.202126 08513 min
Ijtimoiy jarayonlar va özbek adabiyotiga doir mavzularda turkum suhbatlar taşkil etib kelayotgan Kun.uz'ning navbatdagi suhbatdoşi jurnalist, şoir, tarjimon va media huquqi mutaxassisi Karim Bahriyev böldi.
Suhbat davomida özbek hokimiyati va jamiyatidagi sönggi özgarişlar, söz erkinligi, adabiyot va boşqa qator mavzularda söz bordi.
— Karim aka, sizni haqiqat izlab, uning uçun kuraşib yaşagan jurnalist sifatida bilamiz. Ayting-çi, siz uçun haqiqat nima? Deylik, ota-ona gunoh qilsa-yu, bola buni dunyoga yoysa, şu haqiqatni aytiş bölaveradimi? Axir hayot haqiqati va huquq haqiqati bir-biriga doim ham mos kelavermaydi.
— «Haqiqat», «haq» sözlarining juda çuqur ma'nolari, qatlamlari bor. Savolingizning özi ham köp qatlamli.
Birinçidan, haqiqat nima özi? Bu savolga olimlar, faylasuflar ming yillardan buyon javob izlaydi. Aslida dunyoda mutlaq haqiqat – Alloh. Bandalarning, yerda yurganlarning haqiqati esa nisbiy. Çunki bandaning bilimi çeklangan, uni hayoti davomida oladi. Alloh esa barçasini, ötganini ham, keladiganini ham biladi. Şuning uçun kim nimani gapirsa, fikrlari nisbiy ekanini unutmaslik kerak.
Hodisalarga kelsak. Masalan, tun ortidan kun kelişi – haqiqat. Qişda qor yoğişi – haqiqat. Ikkini ikkiga köpaytirsak, tört bölişi – haqiqat. Ammo şunday masalalar ham borki, unda haqiqat da'vo qilolmaysiz. Deylik, «falon tizim korrupsiyalaşgan» degan fikrni aytdingiz. Kimdir «haqiqatni gapirdingiz», deydi, sizni maqtaydi. Vaholanki, öşa tizimda korrupsiya 5 foizdir, 10 foizdir. Demak, butun tizimni mutlaq korrupsiyalaşgan deyolmaysiz. Bu sizning fikringiz va u nisbiy böladi.
Faktni tekşiriş mumkin, lekin fikrlar, mulohazalar, ekspertlarning xulosalari, barçasi fikrligiça qoladi. Ularning har doim ham rost-yolğonligini tekşirib bölmaydi.
Biz nima uçun söz erkinligi doirasini kengaytiriş kerak deymiz? Çunki insondan erta-yu keç, 24 soat rost gapirişni talab qiliş va hamma yolğoni uçun jazolayveriş uni umuman gapirmaydigan qilib qöyadi. Insonda ma'lum ma'noda adaşiş huquqi bölişi kerak.
Savolingizning ikkinçi qatlamiga kelsak: bola ota-onasi qilgan aybni dunyoga yoyişi haqiqatmi? Bu savolga Alişer Navoiy javob bergan:
Neça zarurat aro qolğon çoği,
Çin demas ersang, dema yolğon doği.
Ya'ni çinni aytolmasang, yolğon ham gapirma. Lekin rostni ham joyida gapir. Demak, rostini ham gapiraveriş mumkin bölmagan joylar böladi. Maişiy hayotda bunga köp duç kelamiz. Bu masalada Payğambarimiz s.a.v.dan ham hadislar kelgan.
Mavzuga oid
— Yozuvçi Ahmad A'zam siyosatdagi bir neça yillik faoliyatidan keyin partiya, siyosat, hokimiyat uçun kuraşlardan çarçab: «Böldi, hammasini töxtataman, endi bularga mening toqatim yetmayapti», degan ekan.
Şu ma'noda siz yoşi 60ga yaqinlaşgan, ziyoli bir kişi, ayrim paytlarda taqiqqa uçragan sobiq siyosatçi, haqiqatni yozişga intilgan boş muharrir sifatida kuraşlaringiz bilan nimaga erişdim deb hisoblaysiz?
— Bu avvalo taqdir. Taqdirki, 5–10 yil siyosatga ham aralaşdim.
Ibrohim Ğofurov degan buyuk olim, ustozimiz bor. Şu kişi ma'lum vaqt parlamentda deputat, «Milliy tiklaniş» partiyasining rahbari böldi. Prezidentlikka ham nomzodi qöyildi. Qisqasi, bir neça yillik umri parlamentda ötdi.
Bilasiz, u kişi Fyodor Dostoyevskiy, Markes va boşqa katta va murakkab yozuvçilarning tarjimoni hisoblanadi. Şu kişining 5–10 yil umri bekor ötdi, çalğidi deyiş ham mumkin; çunki deputatlikdan ketgandan keyin juda buyuk asarlarni özbekçalaştirdi. Masalan, ruslar «Uliss» romanini 24 yil tarjima qilgan. Ibrohim Ğofurov esa 4–5 yilda tarjima qilgan.
Kitobxonlar aynan Ibrohim aka sabab «Buzrukning kuzi» bilan tanişdi.
Bizda ma'lum vaqt diktatorlik tuzumi hukm surdi. Men yozuvçilarimizni, heç bölmasa şu tizimning içida yurgan Murod Muhammad Döstning nega siyosiy, tuzumning mohiyatini oçib beradigan romanlar yozmasligini tuşunmasdim. Ammo «Buzrukning kuzi»ni öqigaç bildimki, bunday asar allaqaçon yozilgan ekan.
Özimizning savolga qaytaman. Bir tarafdan, yozuvçining siyosatga aralaşuvini umrini yöqotiş deyiş mumkin. Ikkinçi tomondan, buni vatanga xizmat deb oliş ham mumkin.
Qolaversa, siyosatga faqat karera qiliş uçun aralaşadigan insondan köra, yozuvçining siyosatga kelişi – xalq uçun katta ne'mat. Masalan, SSSR Oliy kengaşida Odil Yoqubovning nutqini eslang; Çingiz Aytmatovning, Andrey Saxarovning nutqini eslang. Öşa paytda ham haqiqatni qandaydir siyosatçilar emas, yozuvçilar, olimlar va akademiklar gapirgan.
Albatta, bu inson umrini, vaqtini oladi, lekin xalqqa ham xizmat qiliş kerak.
— Tasavvur qiling, haqiqiy demokratiya va söz erkinligi ta'minlangan davlatda, jamiyatda yaşayapsiz. Xöş, Karim Bahriyevning öşa joydagi vazifasi nima bölardi? Ya'ni siz bu davlatda qilgan ma'lum kuraşlar öşa joylarda ahamiyatini yöqotgan bölardi-ku.
— Inson, uning nafsi va hirsi bor ekan, muammolar ham tugamaydi.
Yer yuzida butkul adolat örnatilgan davlatning özi yöq. Nafsning iymon va vijdon bilan kuraşi qiyomatgaça davom etadi.
Ikkinçi tarafdan, siz aytgan xavfni sezamiz. Masalan, men ham haqiqat uçun kuraş yönalişidagi loyihalarda işlaganman.
Siz aytganday vaziyatga bir misol keltiraman. Qirğiziston va Gruziyada bu kabi holatlar kuzatildi. Ya'ni Gruziyada haqiqat, söz erkinligi uçun kuraşgan nodavlat taşkilotlar Mixail Saakaşvili hokimiyatga kelişi va söz erkinligi ta'minlanişi bilan qator loyihalarini tugatdi.
Ularning oldida: «Mana, demokratiya örnatildi, endi nima uçun kuraşamiz?» degan savol paydo böldi. Ular işsiz qolgandek böldi.
Lekin umuman olganda, savolingizning çuqur bir tarafi borki, jadidlar, masalan, Qodiriy va Çölponlar ham Stalin tuzumi bilan kuraşib dunyoga keldi. Ya'ni buyuk ijodkorlar buyuk bir zulm davrida yetişib çiqadi.
Ularning kuraşadigan narsasi böladi. Masalan, Rauf Parfi ham baynalmilalçilik tarğib etilgan, turkçilikka qarşi turilgan davrda Turkiston ğoyasi uçun kuraşdi. Unda hayot mazmuni şu edi.
Tegirmon bilan kuraşgan Don Kixot obrazi adabiyotda bejiz paydo bölmagan, ular ritsarlik davrini qömsagan. Bizning adabiyotda ham bosmaçilik, buyuk kuraşlar davrida nega tuğilmadim, degan satrlar bor.
Özimga kelsak, men endi şu yoşimda kuraşib deputat bölmoqçi emasman, qandaydir mansab olmoqçi emasman. Hozir köproq adabiyot, tarjima bilan bandman. Bundan buyon ham vaqtimni köproq kitob yoziş va fikrlaşga ajratmoqçiman.
Agar siz aytgandek adolatli jamiyatda yaşay boşlasam, u joyda umrimni adabiyotga va falsafaga bağişlagan bölardim.
— Esingizda bölsa, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidentligiga kelgaç, avval u va keyin hukumatdagilar öziga tanqid kerakligini gapira boşladi. Nima deb öylaysiz, hukumatning özi tanqidiy fikrlarni eşitişni istayotgan bir paytda bunga javoban axborot maydonida tanqid qilişning boşlanişini — tabiiy hol deya oliş mumkinmi?
— Umuman olganda, tanqid hamişa bor narsa edi. Tanqid yo yuzada böladi, yoki yaşirin holatga ötadi. Mavjud vaziyat qanday bölişidan qat'i nazar, norizolar hamişa bölgan va böladi. «Qörquv saltanati» deyiladigan birinçi hokimiyat davrida tanqid oşxonalarda, imi-jimida gapirilardi. Özbekistonda gapiriş mumkin bölmasa, çetga çiqib ketib gapirilardi.
Şavkat Mirziyoyev istaklarining mohiyati şundaki, özimiz gapiraylik, özimiz muhokama qilaylik va özimiz hal qilaylik. Odamlar endigina qörqa-pisa oçiq gapira boşladi. Töğri, hali tegilmagan katta-katta mavzular bor, lekin muayyan mavzular gapirilyapti.
— Bugun jamiyatda haq sözni gapiradigan blogerlar köpayib boryapti. Siz bloger va jurnalistning farqini qanday tuşuntirgan bölardingiz?
— Huquqiy jihatdan farq mavjud. Jurnalistlar «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonun asosida faoliyat yuritadi. Blogerlar esa «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonun asosida muayyan tarzda va umuman axborot huquqi doirasida işlaydi.
Özbekiston konstitutsiyasida har bir inson axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqiga egaligi körsatilgan. Bu – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ham belgilangan. Bu – faqat blogerga emas, istalgan şaxsga tegişli huquq. Axborotni izlaş, oliş va tarqatiş boladan kattagaça, tuğilgandan to ölgungaça har bir insonning uzviy huquqi.
Jurnalistlarda bu borada muayyan bir imkoniyatlar bor; masalan, davlat hokimiyati organlariga axborot sörab, murojaat qilinganda, fuqarolarga 15 kun, jurnalistlarga 7 kun içida javob berilişi kerak.
Blogerlarda öşa 7 kunda axborot oliş huquqi yöq, çunki ular ommaviy axborot vositasi emas. Ular ijtimoiy tarmoqda akkaunt taşkil qilib, şuni yuritadi. Biror bir idoraga kirganda ulardan hujjat söraliş masalasi ham bor. Aslida xalqaro huquq nuqtayi nazaridan, konstitutsiya nuqtayi nazaridan bu notöğri. Davlat idorasiga kelgan kişiga: «Sen jurnalist emas ekansan, biror redaksiyada işlamas ekansan, senga axborot bermayman», deyiş bu noqonuniy. Hokimiyat idoralariga va sud binolariga ham hammaning kirişga huquqi bor. Bu jurnalistlikka boğliq emas.
Akkreditatsiya esa taşkilotlarga jurnalistga muayyan şaroit yaratib beriş mas'uliyatini yuklaydi.
Taraqqiyot nuqtayi nazaridan blogerlarning kelajagi nima böladi, degan savolga javob bersak. Blogosfera – keng tarmoqli soha. Siz va biz bilganimiz taniqli blogerlar bu ijtimoiy-siyosiy sohaning blogerlari. Lekin san'atkorlar ham borki, ularning ham blogi bor. Ularning ayrimlarida yuz millionlab öquvçisi bor. Turli taomlar tayyorlaydigan blogerlar bor. Şuning uçun ularni jurnalistlar bilan yonma-yon qöyib bölmaydi. Bizda faqat ijtimoiy-siyosiy yönalişda yozadigan blogerlargina jurnalistnikiga yaqin işni amalga oşiryapti. Ular jamoatçilik nazoratini amalga oşiryapti.
Xalqaro tajribaga qarasak, Amerika va Yevropada blogerlar bundan ön yillarça avval maşhur edi. Rossiyada ayni paytda maşhur. Amerika va Yevropada nima böldi? Pazandalik va san'at yönalişidagi blogerlar öz yönalişida ketdi. Ijtimoiy-siyosiy yönalişdagi blogerlar esa ommaviy axborot vositalariga kelib işga joylaşdi. Ya'ni ular jurnalistlarga aylandi. Amerika va Yevropada hozir jurnalistikaga yaqin yönalişda, ya'ni ijtimoiy-siyosiy mavzuda yozadigan bloger yöq.
— Oxirgi vaqtlarda odamlar öz muammolari haqida hokimiyat organlariga emas, köproq jurnalist va blogerlarga gapirişmoqda. Qanday fikrdasiz, bu jurnalistika rivojlanayotgan bir jamiyatda tabiiy jarayonmi yoki hokimiyat organlari öz işini töla eplolmayaptimi?
— Siz aytgan ikki omil, faktor bir-biri bilan boğliq. Bir tomondan köryapmizki, jamiyatimizda konservativ va demokratik kuçlar bor. Prezidentning har qança urinişlariga qaramay, konservativ kuçlar konservativligiça qolyapti.
Lekin faktlar öjar böladi. Eşitgan bölsangiz, oxirgi bir neça yilda hokimlarning 2,5 mingta qarori bekor bölgan.
Har kuni korrupsiyaga oid önlab faktlar çiqyapti. Şu ma'noda qarasangiz, 80 foiz amaldorlar hamon konservativligiça qolyapti, eskiça işlaşda davom etyapti.
Korrupsiya haqida söz oçildi. Afsuski, u biz qörquv yillari deb ta'riflagan yillardagidan-da köproq avj olib ketdi. Avval korrupsionerlar rahbardan qörqqan bölsa, hozirgilar qörqmayotgandek taassurot qoldiradi.
Köz öngimizda böla turib, davlat uçun mahsulot sotib olişda köplab suiiste'mol qiliş holatlari oçilyapti. Bu avjiga çiqib ketdi. Xalq şunday vaziyatda jurnalistlardan adolat istaşi turgan gap. Çunki hokimiyatda, sudda korrupsiya bölganda jurnalistlar va şaxsan prezident xalq uçun yagona umid manbayi bölib qolyapti.
Suhbatni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi