Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimi poytaxtdagi muammolarni sanadi
Xalqaro press-klubda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida «Toshkent: aqlli, obod va sevimli shahar uchun umumiy harakatlar rejasi» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Toshkent shahri bo‘yicha muammolar juda ko‘p. Asosiy muammo - poytaxtning bosh rejasi yo‘qligi. Kelajakda bo‘ladigan rivojlanishga xalaqit berishi, tasdiqlanmaganligi. Shuningdek, uzoq va yaqin strategiya yo‘q. Shu muammo. Aniq, puxta bir strategiya qilinmagan. Hokimlik faqat xizmat ko‘rsatuvchi organga aylanib qolgan, ya'ni, o‘zi alohida pul topib, uni ko‘paytirib, davlat-xususiy sherikchilikda ishlashni rivojlantirmagan, kommunal, yo‘l sohasi eskirib ketgan. Tumanlarning o‘zida markaz yo‘qligi ham muammo. Bozorlar bo‘yicha... Ulgurji bozorlar shaharning ichida ekani. Dunyoning hech bir joyida ulgurji bozor bilan savdo rastalari bir yerda joylashtirilmagan. Bundan tashqari, aholini ko‘p rentabellik ishlarga jalb qilish kerak. Shunga o‘xshash muammolar ko‘p», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi har kuni ishni nimadan boshlashini aytgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:38 / 26.05.2026
Toshkentda yangi pulli magistral yo‘l qurilishi mumkin
15:32 / 25.05.2026