Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimi har kuni ishni nimadan boshlashini aytdi
Foto: KUN.UZ
Xalqaro press-klubda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
«Hozirgi kunda ish vaqtim ertalabki soat 7:00dan boshlanadi. Ishni uydan chiqib, ishxonaga kelgunga qadar yo‘lni kuzatishdan boshlayman. Kechqurun esa, vaziyatga qarab, soat 24:00-1:00da tugaydi. Ammo, shu ham biroz kamlik qilyapti. Ya'ni, vaqt yetmayapti», - degan Ortiqxo‘jayev.
Shuningdek, u Toshkent shahridagi ko‘chalar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasi menga ko‘proq yoqadi», - degan hokim v.b. blits-savolga javob qaytarib.
Mavzuga oid
08:49 / 11.05.2026
Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi
22:04 / 10.05.2026
Poytaxt aholisi va mehmonlari ogohlantirildi
21:32 / 03.05.2026
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
10:41 / 27.04.2026