Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 4 kun davom etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabrdan 1 noyabrgacha Toshkentda bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Uchrashuvlarda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’limga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 28-31 oktyabr kunlari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ham rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 30 oktyabr kuni Samarqandda YuNeSKO sammiti o‘z ishini boshlaydi.
Mavzuga oid
14:24
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
13:52
«Navoiyazot» huzurida 1 mlrd dollarlik yangi kimyo loyihalari amalga oshiriladi
13:37
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
13:02