AQŞ Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Diversity Visa dasturi (xalq tilida – «grin karta») uçun arizalar qabuli 7 oktyabrdan boşlandi. Jarayon 10 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00ga qadar davom etadi.
Grin-karta yutiş nima beradi?
Lotereyaning rasmiy nomi – «Turli millat vakillari uçun immigratsiyaviy viza dasturi» (Diversity Immigrant Visa Program). Dastur AQŞda 1990 yilda qabul qilingan qonun asosida yölga qöyilgan.
Ğoliblar keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, AQŞda doimiy yaşaş, qonuniy işlaş va 5 yildan söng AQŞ fuqaroligini oliş uçun ariza beriş imkoniyatiga ega böladi. Umuman, grin-karta egalari saylovda ovoz beriş huquqidan taşqari, AQŞ fuqarolariga berilgan aksariyat huquqlardan foydalana oladi.
Neçta viza beriladi?
Har yili AQŞga immigratsiya körsatkiçlari kam bölgan davlatlar fuqarolariga immigratsion viza uçun lotereya öynaladi. Dastur asosida yiliga 55 ming nafargaça xorij fuqarosi AQŞ rezidenti maqomini oladi.
2019 yilda dunyo böyiça 6 741 128 ta ariza kelib tuşgan. Bu – avvalgi yillarga qaraganda 2 barobarga kam. Boisi, ötgan yili dastur qoidalariga firibgarlikni çeklovçi yangi şartlar kiritilgan edi.
Vizalar oxirgi 5 yil içidagi immigratsiya körsatkiçlari asosida, 6ta mintaqa orasida taqsimlanadi. Immigratsiya körsatkiçlari pastroq hududlarga köproq vizalar ajratiladi.
Özbekistondan neça kişi grin-karta yutadi?
2017 yilda Özbekiston fuqarolaridan 1,8 millionta, 2018 yilda 1,7 millionta, 2019 yilda esa 466 480 ta ariza kelib tuşgan. Eslatib ötamiz, ötgan yili dastur qoidalari özgargaç, Özbekiston fuqarolaridan xorijga çiqiş pasportini oliş talab etilgan edi.
Lotereyada ğolib deb topilganlarga kelsak, 2016 yil may oyida 4501 nafar, 2017 yil mayida 4494 nafar özbekistonlikka yutuq çiqqan

















