Grin-karta anketasini mustaqil va töğri töldiriş böyiça yöriqnoma
|18:31 / 11.10.2020332 42912 min
Kun.uz grin-karta anketasini bexato töldiriş böyiça yöriqnomani taqdim etadi. Uning yordamida ingliz tilini bilmaganlar ham firibgarga uçrab qoliş ehtimolisiz, bepul va mustaqil tarzda röyxatdan ötişlari mumkin.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Diversity Visa uçun ariza onlayn topşiriladi. Ariza topşiriş bepul. Bir kişi bir yilda faqat bir marta (odatda oktyabr-noyabr oylarida) anketa töldiriş huquqiga ega, takroriy ariza berganlar iştirokçilar safidan çetlatiladi.
Elektron anketani töldiriş vaqti – 30 daqiqa. Şu sababli anketa töldirişni boşlaşdan oldin:
Elektron poçtangiz bölmasa, oçib oling (batafsil 12-bandda)
Brauzeringiz yangi ekani va internet barqaror işlayotganiga işonç hosil qiling.
Barçasi şay bölsa, dvprogram.state.gov saytiga kirib, Begin Entryyaşil tugmasini bosing. Keyingi sahifada sizdan suratdagi harf va raqamlarni kiritiş söraladi. Kapçani öqiy olmasangiz, uning öng yonidagi tugmani bosib, yangilaşingiz mumkin. Bu sizning «dasturiy robot» emasligingizni isbotlaş uçun kerak.
Anketaga kiritiladigan barça ma’lumotlar xorijga çiqiş pasportingizdagi bilan aynan bir xil bölişiga e’tibor bering. Quyida anketadagi savollarning tartib raqami böyiça töldiriş körsatmalarini sanab ötamiz.
Anketa töldirişda sözlarni töliq boş harfda (ESHMAT) yoki faqatgina birinçi harfini boş harfda (Eshmat) yoziş mumkin, bu ahamiyatsiz. Muhimi, faqat lotin harflaridan foydalaniş zarur.
1. Last/Family Name – familiya; First Name – ism. Middle Name – ikkinçi ism, bu özbekistonliklarga taalluqli emas, şu sabab No Middle Name deya belgilaş lozim.
Mavzuga oid
2.
Jinsingizni körsating
:
Male
– erkak;
Female
– ayol.
3. Tuğilgan sana (raqamlarda kiritiladi): Month – oy, Day – kun, Year – yil. E’tibor bering, birinçi bölib oy yoziladi.
4. Siz tuğilgan şahar. 2018 yil holatiga, Özbekistonda 30ta şahar mavjud. Şaharlarda tuğilgan fuqarolar uçun bu bandda muammo bölmaydi: şahar nomi lotin alifbosida kiritiladi xolos. Boşqa holatlarda, ya’ni tuğilgan joyi şahar maqomida bölmagan kişilar tuğilganlik haqidagi guvohnomada körsatilgan joy (aholi yaşaş punkti) nomini kiritişlari maqsadga muvofiq. Masalan, Ketmontepa QFY, Navruz MFY.
Bu bandda faqatgina aholi punkti nomini körsatiş, ya’ni tuman yoki viloyatni yozmaslik talab etilgan. Şu bois Özbekiston fuqarosi pasportidagi tuğilgan joyi (Place of birth)da nima yozilgan bölsa, bu bandga şuni köçirib qöyiş har doim ham töğri emas. Çunki pasportda Toşkent şahridan boşqa hududlarda dunyoga kelgan fuqarolarning tuğilgan joyi sifatida ular tavallud topgan viloyatlar yoki Qoraqalpoğiston Respublikasi körsatilgan.
Agar tuğilgan joyingiz noma’lum bölsa, Birth City Unknown (Tuğilgan şahrim ma’lum emas) katakçasini belgilang.
5. Siz tuğilgan mamlakat. Röyxatdan Özbekistonni tanlaymiz (Uzbekistan).
6. Özbekistonda tuğilgan Özbekiston fuqarolari oltinçi bandga tegmay ötib ketişlari mumkin (Yes katakçasi avtomatik belgilanib turadi). Bu band – tuğilgan davlati lotereyada qatnaşadigan davlatlar röyxatida bölmagan şaxslar uçun.
7. Pasport ma’lumotlari. 1-banddagi kabi ism va familiyangizni kiritib, No Middle Name katagini belgilaysiz.
Passport Number'ga xorijga çiqiş biometrik pasportingiz seriya va raqami;
Passport Expiration Date'ga pasportning amal qiliş muddati (oy, kun, yil tartibida – yana e’tibor bering, pasportdagidan farqli ravişda, anketaning bu yerida ham birinçi bölib oyni körsatiş kerak);
Country/Authority of Issiance –pasport berilgan mamlakatga Özbekistonni körsating.
8. Fotosurat. Özingizning oxirgi 6 oy içida tuşgan suratingizni joylang. Suratga qöyiladigan talablar talaygina, şu sababli eng yaxşisi – professional suratxonaga borib, suratkaşga grin-karta uçun rasmga olib qöyişini söraş.
Olingan rasmni quyidagi rasmiy saytda keltirilgan namunalarga mosligini tekşiring. Barçasi köngildagidek bölsa, rasmni fleşkangiz, telefoningiz yoki Telegram'ingizga ötkazib oling.
Eslatib ötamiz, rasmga kameraga qarab, oq yoki boşqa oçroq rangdagi fonda, közoynak va kepka kabi yuzni tösuvçi detallarsiz tuşiş kerak. Rasmga soya tuşib turmasligi zarur. Agar römolda bölsangiz, römol yuzingizni tösib turmasligiga e’tibor qiling.
Suratning texnik körsatkiçlariga kelsak, foto JPEG formatda, maksimal 240 KB hajmda, ölçami 600x600dan 1200x1200gaça piksel oraliğida, 24 bit rang çuqurligida bölişi kerak.
9.Poçta manzili. Bu sizning yoki biror yaqiningizning manzili bölişi mumkin. Manzil sifatida istagan davlatingizni belgilaşingiz mumkin.
In Care Of – bu yerga poçta manzilidagi şaxsning ismi va familiyasi yoziladi. Unga özingizning ism-familiyangizni yozsangiz ham böladi.
Address Line 1 – uşbu bandda köça nomi, uy va xonadon raqami körsatiladi. Poçta indeksi körsatilmaydi. Ikkinçi qator (Address Line 2) joy yoki köça nomi birinçi qatorga siğmaganda yoziş uçun işlatiladi; agar sizda birinçi qatorga siqqan bölsa, bu qator böş qoldiriladi.
City / Town – yaşaş joyining nomi.
District / Country / Province / State – tuman / ölka / viloyat / okrug (ştat) nomi. Agar Toşkent şahrida yaşasangiz, bundan oldingi bandda uni körsatgan bölasiz, lekin bu katak böş qolişi mumkin emas, şu bois ikkinçi marta Toşkent deb yozib qöyasiz. Qolgan barça şahar va tumanlar esa qaysidir bir viloyat yoki Qoraqalpoğiston Respublikasi tarkibiga kiradi.
Postal Code / Zip Code – poçta indeksi. Poçta indeksini «Özbekiston poçtasi» rasmiy saytining uşbu sahifasida keltirilgan quyidagi fayl (arxivlangan excel-fayl) orqali bilib olişingiz mumkin. Agar siz yaşaydigan joyning poçta indeksi bölmasa, No Postal Code / Zip Code katakçasini belgilab qöyasiz.
10. Country Where You Live Today – Siz hozir yaşayotgan mamlakat. Röyxatdan ötayotgan vaqtingizda qaysi davlatda yaşayotganingizni körsatiş zarur.
11. Phone Number – telefon raqamingizni xalqaro formatda kiriting. Masalan, +998901234567.
12. E-mail. Birinçi qatorga elektron poçta manzilingizni, ikkinçi qatorga şu manzilni qaytadan köçirib yozing. Elektron poçtangiz bölmasa, Google, Yandex kabilardan 1-3 daqiqa içida oçib olişingiz mumkin.
13. Bugungi kun holatiga siz egallagan ta’limning eng yuqori darajasi qaysi? Körsatilgan variantlardan birini tanlaş lozim.
• Primary school only – faqat boşlanğiç maktab
• High School, no degree – örta maktab, lekin şahodatnomasi yöq
• High School, degree – örta maktab, şahodatnomaga ega (akademik litseyni tamomlaganlar ham şu bandni tanlaşadi)
• Vocational School – kasb-hunar kolleji
• Some University Courses – töliqsiz oliy (bakalavriat talabalari şu bandni tanlaşadi)
• University Degree – oliy ma’lumot (bakalavr darajasiga ega fuqarolar uçun)
• Some Graduate Level Courses – bir qança magistratura darajasidagi kurslar (magistratura talabalari şu bandni tanlaşadi)
• Master’s Degree – magistr darajasi
• Some Doctorate Level Courses – tugallanmagan aspirantura/doktorantura (aspirantura va doktorantura tadqiqotçilari şu bandni tanlaşadi)
• Doctorate Degree – doktorant darajasi
14. Oilaviy holatingiz. Körsatilgan variantlardan birini tanlaş lozim.
Unmarried – Heç qaçon turmuş qurmaganman.
Married and my spouse is NOT a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – Oila qurganman, turmuş örtoğim AQŞ fuqarosi emas yoki AQŞda yaşaş huquqiga ega emas.
Married and my spouse IS a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – Oila qurganman, turmuş örtoğim AQŞ fuqarosi yoki AQŞda yaşaş huquqiga ega. Uşbu ikki banddan birini siz turmuş örtoğingiz bilan ançadan beri yaşamayotgan bölsangiz-u, lekin qonuniy nikoh mavjud bölganda ham belgilaysiz, hattoki nikohingiz bekor qiliniş bosqiçida-yu, lekin ariza töldirayotgan vaqtingizda nikoh öz kuçida bölsa ham.
Divorced – Ajraşganman.
Widowed – Turmuş örtoğim vafot etgan.
Legally Separated – MDH davlatlarida Legally Separated holatining yuridik asosi yöq, şu bois bu bandni belgilaş suhbat jarayonida arizani rad etişga sabab bölişi mumkin.
Agar siz şar’iy nikoh bilan yaşayotgan bölsangiz-u, lekin hali qonuniy nikohdan ötişga ulgurmagan bölsangiz, Married bandini tanlay olmaysiz. Birinçi turmuşiga unaştirilganlar ham Unmarried bandini taşlaşi zarur.
15. Number of Children – farzandlar soni. Bu yerga 21 yoşga tölmagan barça farzandlaringiz sonini (nikohdagi farzandingiz bölişi şart emas) körsatasiz. AQŞ fuqarosi yoki u yerda doimiy yaşovçi farzandingiz bölsa, u hisobga kiritilmaydi. Uşbu bandga farzandlaringiz sonini raqam bilan yozasiz; agar farzandingiz bölmasa, nol yozasiz.
Bu bandda xotiningiz/eringizning avvalgi nikohidagi farzandlarini ham yozasiz (21 yoşga tölmaganlarini). Xotiningiz/eringizning özi boqib olgan farzandini körsatiş şart emas, uni öşa arizaçining özi körsatadi.
Şundan söng yozganlaringizni bir tekşirib çiqing va Continue (Davom etiş) tugmasini bosing.
Turmuş örtoğingiz va farzandlaringizni körsatgan bölsangiz, arizaning ikkinçi qismi oçiladi. Ikkinçi qismga ularning ma’lumotlarini yuqoridagi kabi töldirib çiqasiz. Har kim uçun özining rasmi söraladi.
Agar turmuş örtoğingizning özi ham lotoreyada qatnaşişni istasa, alohida anketa töldiradi. Ikkinçi qismga esa sizning ma’lumotlaringizni yozadi. Bunday holatda yutiş ehtimoli ortadi.
Barça jarayonlar tugaganidan söng, Continue tugmasi bosiladi. Şundan söng oçilgan sahifa orqali siz anketani bir qator közdan keçirib çiqişingiz lozim. Xatoliklar bölsa, ortga qaytib, töğirlaş mumkin.
Barçasi joyida ekaniga işonç hosil qilganingizdan söng, yaşil rangli Submit tugmasini bosasiz. Anketa muvaffaqiyatli töldirilgani haqidagi sahifa oçiladi. Bu sahifada ism-şarifingiz, anketa töldirilgan sana, natijani tekşiriş kodi (16 belgidan iborat) joy olgan. Avvaliga darhol sahifani telefoningiz yordamida rasmga tuşirib oling. Şundan söng sahifa yuqorisidagi Print (Çop etiş) tugmasi orqali printerdan çiqarişingiz yoki kodni biror işonçli joyga yozib olişingiz zarur.
Lotereya natijalari keyingi yil may oyida dvprogram.state.gov saytida e’lon qilinadi. Natijani köriş uçun siz saqlab qöygan ma’lumotlarni kiritiş lozim.
Tanlangan arizaçilar keyingi bosqiçlardan öta olsa, ariza töldirganidan 1,5–2 yil ötib AQŞga köçib ketişi mumkin böladi.