Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qashqadaryo yo‘l qurilish ta'mirlash» DUKning mulklari xatlandi. Korxona qarzlari bo‘yicha 21 ta ijro ishi mavjud
Foto: MIB
«Qashqadaryo yo‘l qurilish ta'mirlash» davlat unitar korxonasining barcha mulklari xatlangan. Korxonaning soliq va turli tashkilotlardan bo‘lgan qarzlari bo‘yicha 21 ta ijro ishi bor. Bu haqda viloyat MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, MIB Qarshi shahar bo‘limi ish yurituvida «Qashqadaryo yo‘l qurilish ta'mirlash» korxonasi hisobidan jami 7,5 milliard so‘mdan ortiq soliq va boshqa turli tashkilotlar foydasiga qarzdorlikni undirish haqidagi jami 21 ta ijro hujjatlari mavjud.
Qayd etilishicha, ijro harakatlari davomida korxonaning hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini xatlash to‘g‘risida inkassa to‘lov topshiriqnomasi qo‘yilgan. Qarzdorga qarzlarini to‘lash bo‘yicha muddat berilgan holda mol-mulklari xatlanishi va tegishli tartibda savdoga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.
Biroq qarzdor tomonidan majburiyatlarni bajarilmaganidan keyin so‘nggi chora sifatida uning likvidli hisoblangan 3 ta MAN rusumli maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, qarzdorga tegishli avtosaroy binosi xatlab olingan. Kelgusida ushbu texnika vositalari baholanib, savdoga chiqariladi.
Bundan tashqari, korxonaga tegishli 20,7 milliard so‘mlik ma'muriy va yordamchi binolar xatlanib, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
Ta'kidlanishicha, savdolardan tushgan pullar «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 80-moddasi tartibida undiruvlar navbati bo‘yicha yo‘naltirilishi ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Qashqadaryo yo‘l qurilish ta'mirlash» davlat unitar korxonasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi korxonalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
14:24 / 17.11.2025