Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
Toshkent viloyatida D012 Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni yo‘lining 6 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi. Ushbu hududda belgilangan tezlikka rioya etilmasligi sabab bir yilda 63 marta YTH sodir bo‘lib, 15 kishi halok bo‘lgan.
Foto: LiveJournal
Toshkent viloyatining ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori tezligi 80 km/soatgacha tushiriladi. Bu Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2 fevraldagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjat yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy maxsus komissiyasining davlat ahamiyatiga ega D012 Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 6 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida harakat tezligini kamaytirish bo‘yicha taklifi ma’qullandi.
Spot nashri yozishicha, qaror avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan aholi punktlari yaqinidagi quyidagi uchastkalarga taalluqli:
- Xitoytepa (19−20 km);
- Uyyenkulsoy (44−45 km);
- Sari Qanli (49−50 km);
- G‘azalkent (61−62 km);
- Qaranko‘l (64−65 km);
- Chinorkent (71−74 km).
Avval ushbu uchastkalarda harakat tezligi 100 km/soatgacha ruxsat etilgan edi.
Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘iga o‘n kun muddatda ushbu hududlarda harakat tezligini cheklash uchun 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» (80 km/soat) yo‘l belgilarini o‘rnatish yuklatildi.
Qayd etilishicha, D012 yo‘lining 19–74-kilometrlari oralig‘ida belgilangan tezlikka amal qilmaslik oqibatida 2025 yilning 12 oyi davomida jami 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 15 kishi vafot etgan, 50 kishi tan jarohati olgan.
Mavzuga oid
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
16:45 / 16.03.2026
Xizmat burchini bajarayotib vafot etgan bekobodlik xodimga ham uy beriladimi?
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
11:22 / 07.03.2026