08:31 / 05.07.2019
11493

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ta'lim sohasida qanday imtiyozlar beriladi?

Foto: Depositphotos

Test sinovlari bo‘ladigan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan nogiron abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Harbiy xizmat vazifalarini bajarishda nogiron bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul qilinadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari bog‘chalarga joylashtirishda imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi.

Ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham birinchi I va/yoki II guruh nogironi bo‘lgan oilalar, nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar iqtidorli farzandlari quyidagilar bilan ta'minlanadi:

zamonaviy yagona maktab formasi;
asosiy turdagi o‘quv qurollari;
badiiy kitoblar;
bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash.

Davlat grantlari bo‘yicha ta'lim olgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta'lim muassasalaridan akademik ta'til olganida o‘qishga davlat grantlari asosida qayta tiklanishi mumkin.

Top