Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda Suriyada ikki kun ichida 100dan ko‘proq odam halok bo‘lgani ma'lum qilindi
Foto: Associated Press
BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik Damashq yaqinidagi Sharqiy Gutada oxirgi 2 kun ichida 100dan ko‘proq odam halok bo‘lgani haqida xabarlar olinayotganini ma'lum qildi.
“Sharqiy Gutada dushanbadan (19 fevral) boshlab 100dan ko‘proq odam o‘ldirilgani, ulardan kamida 13 nafari bola ekanligi haqida xabarlar berilmoqda. Sharqiy Gutadagi 5 ta gospital yoki tibbiy punkt aviazarbalarga uchragan”, deyilgan Dyujarrik bayonotida.
BMTning baholashicha, qamalda qolgan shaharda 400 mingga yaqin odam bor. Xalqaro tashkilotning ta'kidlashicha, Sharqiy Guta jangovar harakatlardan xoli hudud hisoblanadi. “Shu munosabat bilan bosh kotib tomonlarga, shu jumladan Ostonadagi kelishuvga kafil davlatlarga majburiyatlarini eslatib qo‘yadi”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
18:00 / 16.07.2025
Isroil Damashqdagi harbiy shtabga va prezidentlik saroyi yaqiniga zarba yo‘lladi (video)
01:21 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
12:59 / 03.06.2025
Damashq fond birjasi qayta ochildi
16:44 / 02.05.2025