Isroil qiruvçi samolyotlari Damaşqdagi prezidentlik saroyi atrofidagi hududlar böylab zarbalar berdi. Mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahuning sözlariga köra, bu sönggi kunlarda Suriyada dinlararo şafqatsiz zöravonliklar qurboni bölgan, diniy ozçilikni taşkil etuvçi druzlarni himoya qiliş maqsadida qilingan.
Suriya poytaxtiga zarbalar oqibatida qurbonlar haqida xabar berilmagan, ammo Netanyahuning sözlariga köra, zarba Isroil «Damaşq janubida kuçlar joylaştirilişiga yoki druzlar jamoasiga qandaydir tahdidlarga yöl qöymasligi» haqida «Suriya rejimiga aniq signal» bölgan.
Suriya hukumati hozirça bu zarba yuzasidan munosabat bildirmadi.
Ammo çorşanba kuni Suriya poytaxti janubiga, qurollangan druzlar hamda mamlakat xavfsizlik kuçlari va ularga sodiq jangarilar örtasidagi töqnaşuv vaqtida Isroil tomonidan yöllangan zarbalarga rasmiy Damaşq munosabat bildirgandi. Suriya rasmiylari bu zarbalarni mamlakat içki işlariga taşqi aralaşuv deb atab, bunga toqat qilmasligidan ogohlantirgan.
Damaşqdagilar 1 may kuni keçqurun Suriya hukumati druzlar yetakçilari bilaan kelişuvga erişgani haqida aytmoqda. Ammo Isroil etnik ozçilikni taşkil etuvçi druzlarga nisbatan zöravonlik avj olganidan taşvişda, bir haftaning özida uşbu jamoaning 100 dan ortiq vakili öldirilgan.
Suriya druzlari diniy rahnamosi şayx Hikmat al-Hijriy zöravonlikni öz jamoasiga qarşi «oqlab bölmas genotsid kampaniyasi» sifatida qoralagan va «tinçlikni saqlaş uçun xalqaro aralaşuv»ga çaqirgan.
Suriya hukumati «töqnaşuvlar keltirib çiqarişda ayblangan» «jinoiy guruhlar»ga qarşi kuraşiş uçun druzlar yaşovçi hududlarga xavfsizlik kuçlari yuborilganini ma’lum qildi.
Mamlakat taşqi işlar vaziri Asad al-Şaybani «har qanday bahona yoki şior bilan taşqi aralaşuvga har qanday da’vat faqat kelgusida vaziyat yanada yomonlaşişiga va parçalanişga olib kelişi»dan ogohlantirgan.
Ammo Isroil boş vaziri fevral oyidayoq mamlakatning yangi hukumati tomonidan «Suriya janubidagi druzlar jamoasiga har qanday tahdid»ga jim qarab turmasligidan ogohlantirgandi.
Nimalar böldi?



















