Isroil harbiy-havo kuçlari samolyotlari Suriya poytaxti Damaşq şahriga hujum qilmoqda.
Isroil harbiylari çorşanba kuni Suriya mudofaa vazirligining Damaşqdagi binosining kiriş qismiga zarba berilganini ma’lum qildi. Biroz ötib Isroilning yana bir zarbasi yöllandi — bu safargi zarba Suriya poytaxtida prezidentlik saroyi yaqiniga kelib tuşgan. Isroil rahbariyati şu tariqa mamlakatdagi ozçilik hisoblangan druzlarni hukumat qöşinlari hujumlardan himoya qilişga urinayotganini iddao qilgan. Suriya soğliqni saqlaş vazirligi Damaşq öqqa tutilişi oqibatida bir kişi halok bölib, yana 18 kişi jarohatlanganini xabar qilgan.
Bu hujum vaqtidagi kadrlar xalqaro telekanallar tomonidan jonli efirda yozib olindi. Kadrlarda Suriya poytaxtidagi binolardan biri yakson etilgani körinadi.
Kunning ikkinçi yarmida Isroil mudofaa armiyasi mamlakat qurolli kuçlari Damaşq hududida Suriya armiyasi harbiy ştabining kiriş joyiga zarba yöllanganini ma’lum qildi.
Reuters agentligi Isroil mudofaa vazirligidagi manbaga asoslanib, Damaşqdagi binoga kamida ikkita zarbdor dron uçib kelgani va suriyalik zobitlar yertölaga yaşirinişiga töğri kelganini aytgan.
Saudiyaning Elekhbariya davlat telekanali xabariga köra, Isroil zarbasi oqibatida mahalliy aholi vakillaridan ikki kişi yaralangan.
Bir neça soat ötib TSAHAL yangi bayonot berdi, unda aytilişiça, Isroil mudofaa armiyasi Suriya janubidagi Suvayda viloyati tomon harakatlanayotgan tanklar, raketa qurilmalari, qurollar va oğir pulemyotlar örnatilgan pikaplarga zarba berişda davom etmoqda. Bundan taşqari, harbiy texnikalar mazkur hududga harakatlanişiga tösqinlik qiliş uçun yöllar ham öqqa tutilgan.
Bir neça kun oldin asosan druzlar istiqomat qiluvçi Suvayda şahrida badaviylar va druzlar örtasida töqnaşuvlar oqibatida 30 dan ortiq kişi halok bölgan, şundan keyin Isroil harbiylari Suriya böylab zarbalar yöllaşga kirişgandi.
Bundan taşqari, çorşanba kuni Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damaşqda prezident saroyi yaqiniga zarba yölladi, deb xabar berdi Reuters agentligi guvohlarga tayanib. Keyinroq bu ma’lumotni TsAXALdagilar ham tasdiqladi.
Suriya soğliqni saqlaş vazirligi bugungi zarbalar oqibatida Damaşqda bir kişi halok bölib, yana 18 kişi yaralangani haqida xabar bergan.
Tomonlar nima demoqda?
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats çorşanba kuni Suriya hukumati qöşinlari druzlarga qarşi kuraşda badaviylar bilan birlaşganini da’vo qilayotgan töqnaşuvlardan keyin Suriya katta yöqotişlarga uçraşidan ogohlantirdi.
«Damaşqqa berilgan signallar tugadi – endi oğriqli zarbalar vaqti keladi», – deya uning sözlarini keltiradi AFP agentligi. Vazir Isroil harbiylari Suriyaning janubiy Suvayda viloyatida «druzlarga hujum qilgan kuçlarni ular töliq çiqib ketişidan oldin yöq qiliş uçun qat’iy harakat qilişi»ga va’da berdi.
Suriya hukumati Isroilning Damaşqdagi nişonlarga bergan yangi zarbalariga hozirça munosabat bildirmadi, biroq bir neça soat oldin rasmiylar Isroilning mamlakat janubidagi «jinoiy va noqonuniy xatti-harakatlari»ni qoralagandi.
Suriya ma’muriyati bayonotida druzlar va badaviylar örtasida harbiy harakatlar davom etişiga har qanday holatda ham toqat qilinmasligi va rasmiylar bu bilan boğliq barça holatlarni tekşirişga «töliq sodiqligi»ni tasdiqlaşi, aybdorlarning jazosiz qolişiga yöl qöyilmasligi bildirilgan.
Bayonot oxirida Suvayda aholisiga ularning huquqlari har doim himoya qilinişi va hukumat heç kimga ularning xavfsizligi yoki barqarorligiga ta’sir qilişiga yöl qöymasligi va’da qilingan.

Voqealar qanday boşlangandi?
Suvaydada yakşanba kuni boşlangan töqnaşuvlar ötgan yilning dekabr oyida Başar Asad rejimi qulaganidan keyin dinlararo töqnaşuvlar bilan boğliq birinçi holat böldi.
Suriya hukumati qöşinlari duşanba kuni Suvaydada boşlangan druzlar va badaviylar örtasidagi töqnaşuvlarni bostiriş uçun mamlakat janubiga yönaltirildi.
Biroq oxir-oqibat hukumat qurolli kuçlari qurollangan druzlar otryadlari bilan qarama-qarşilikka kirişdi.
Töqnaşuvlar oqibatida, Suriya içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 30 dan ortiq kişi halok bölgan, 100 ga yaqin kişi jarohatlangan. Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriya inson huquqlarini kuzatiş markazi kamida 99 kişi, jumladan, ikki bola, ikki ayol va 14 nafar xavfsizlik xodimi halok bölganini ma’lum qildi.

Mahalliy Sweida24 axborot agentligi çorşanba kuni tongda Suveyda va unga yondoş qişloqlar artilleriya va minomyotdan şiddatli öqqa tutilganini xabar qilgan.
Suriyaning SANA davlat axborot agentligi ma’lumotida aytilişiça, Damaşq qurollangan druzlarni yaqinda erişilgan tinçlik sulhini buzişda ayblagan.
Suriya mudofaa vazirligi şahar aholisiga uylarini tark etmaslik böyiça qat’iy tavsiya bergan.
Reuters muxbiri bilan telefon orqali boğlangan ayrim suvaydaliklar uylarini içkaridan mahkam yopib olişgani va qörquv içida yaşayotgani, ayrim joylarda bir neça kundan buyon harbiy harakatlar davom etayotgani va elektr yöqligini aytib berişgan.












