Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi
Foto: Kun.uz
“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Oilaviy sport rag‘batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
2022 yildan har yili 30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Bunda, 1-bosqichda – ko‘chalararo mahalla musobaqalari, 2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari, 3-bosqichda – sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari, 4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari, 5-bosqichda – viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladi.
2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Yuqoridagi musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi:
- tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
- viloyat bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
- respublika (final) bosqichida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.
Mavzuga oid
12:13 / 07.01.2026
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
11:32 / 07.01.2026
Kriminogen mahallalarga rahbarlar nomma-nom biriktiriladi
13:31 / 05.01.2026
Mahallalarda muammolarni hal etish uchun mablag‘lar kamida 3 baravar oshiriladi
14:21 / 31.12.2025