ŞHTga a'zo mintaqaning ikki giganti Rossiya hamda Xitoy yiğilişda «ikkinçi tarkib bilan» qatnaşdi. Şuningdek, Hindiston boş vaziri Narendra Modi ham yiğilişda onlayn formatda iştirok etdi. Putin videoaloqa orqali qatnaşişi sababini atrofidagilarda koronavirus çiqqani bilan izohladi. Qolganlar esa nega Duşanbega bormaganini izohlab ham ötirmadi.
Tojikistonda ötadigan barça tadbirlar kabi bu katta yiğiliş ham dabdaba bilan ötkazildi. «Qasri millat» mahalliy meva va sabzavotlar bilan bezatildi. Norasmiy tadbirlarda bir qança tafsilotlarni bilib oliş mumkin böldi. Masalan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ovqatlanişga öğli Nikolay bilan birga bordi. Kolya otasining juda köp xorijiy safarlarida hamrohlik qiladi.
Lukaşenko bilan boğliq yana bir xabar. Tojikistonga safar vaqtida Belarus prezidentiga uning Umka laqabli iti ham hamrohlik qildi. Lukaşenko haqidagi xabarlarni birinçi bölib yozib boruvçi «Pul pervogo» telegram kanali itning suratini e'lon qildi va «Umka barçangizga salom yöllayapti», deb yozdi.
Bu surat bejiz qöyilmadi. Lukaşenko xuş körmaydigan mahalliy naşrlar uning sevimli iti nemis ovçarkasi bilan urişib, ölib qolgani haqida yozgandi. Kanal şu tariqa siyosiy huşyorlik körsatib bunday xabarlarga raddiya berdi.
«Dollardan voz keçiş kerak»

Aleksandr Lukaşenko ŞHT yiğilişida taşkilotga a'zo davlatlar özaro bitta valutaga ega bölişi kerakligini va dollardan voz keçiş vaqti kelganini aytdi.
«Oxirgi vaqtlarla sodir bölayotgan voqealar barçamiz biladigan bir valutaga boğlanganlarning unga qaramligi oşayotganini körsatmoqda. Bu nafaqat bizga moliyaviy jihatdan ustunlik bermaydi, balki milliy xavfsizligimizga tahdid soladi. Undan (dollardan) tobora köproq siyosiy maqsadlarda foydalanişmoqda», dedi Lukaşenko. Belarus prezidenti ŞHT banki va fondi taşkil etilişini olqişladi.
«Afğon aktivlarini qaytariş kerak»

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yiğilişda bir neça takliflarni ilgari surdi. Xususan, Afğonistonning yangi hukumati bilan muloqotda böliş kerakligini aytdi. «Bu borada muzlatilgan Afğoniston davlat aktivlarini qaytariş masalasini öylaş kerak», dedi Mirziyoyev.



















