Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikaliklar Disney kompaniyasidan “Qirol sher” multfilmidagi iboradan voz kechishni talab qilishmoqda
Foto: WDSSPR
change.org internet-platformasida Disney kompaniyasidan Hakuna Matata iborasidan savdo belgisi sifatida foydalanishdan voz kechish talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. U 150 mingdan ortiq ovoz oldi.
Hakuna Matata iborasi suaxili tilidan tarjima qilinganda "muammo yo‘q" degan ma'noni bildiradi. Bu ibora Tanzaniya, Keniya, Uganda, Ruanda, Burundi, Mozambike va Kongoda ishlatiladi. Disney kompaniyasining "Qirol sher" multfilmida aytilgan shu nomdagi qo‘shiq orqali ibora butun dunyodagilarga tanish bo‘lib ketgan.
Petitsiya mualliflarining fikricha, korporatsiya yoki xususiy shaxslar o‘zlari ixtiro qilmagan til, atama yoki iboralarni savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega emas. Ular shuningdek, bu holatni haqoratli deb baholashmoqda va kompaniyadan mazkur savdo belgisidan voz kechishni talab qilishmoqda.
New York Times gazetasining yozishicha, Disney Hakuna Matata savdo belgisini 1994 yilda ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Mavzuga oid
03:00 / 08.05.2025
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
17:20 / 05.05.2025
Disney «Yulduzlar jangi» filmidagi droidning o‘xshashini taqdim qildi
23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi
23:34 / 26.11.2024