Osiyodagi eng çuqur ğor Özbekistonda ekanini bilarmidingiz? Köpçilik yurtdoşlarimiz yer osti dunyosining bu ajib möjizasi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ekanini bilmasligi aniq. “Manzil” loyihasi navbatdagi körsatuvida Boybuloq ğori joylaşgan qişloq va uning atrofidagi tabiat gözalliklarini namoyiş etadi.

Boybuloq ğori Surxondaryo viloyati Boysun tumani Dehibolo qişloği atrofida joylaşgan. Ötgan asrning 70-yillarida qurğoqçilik sabab qişloqda yaşovçi Mustafoqul Zokirov suv izlab şu ğorga kirgan. Mustafoqul şu asno ğordan qaytib çiqmagan. Mahalliy aholi uni qidirib, ğorning ma’lum qismigaça kirgan, lekin topişolmagan. Oradan bir yil ötib speleologlar yordamida marhum tanasining qoldiqlari olib çiqilgan.

Şu tariqa, bir insonning ölimi va qurğoqçilik sabab Osiyodagi eng çuqur ğor topilgan.

2023 yil 20 avgust kuni Boybuloq ğoriga uyuştirilgan xalqaro speleologik ekspeditsiya navbatdagi rekord darajadagi çuqurlik kaşf etilişi bilan yakunlangan.

Vadim Loginov boşçiligidagi Rossiya, Çexiya va Tayvandan kelgan 33 nafar speleologdan iborat ekspeditsiya ğorning çuqurligi 1517 m, uzunligi esa 17 km ekanini aniqlagan. Avvalgi körsatkiç 1430 m va 15,2 km edi.

Bugungi kunda ğor çuqurligi böyiça dunyoda 12-örinda turadi.

Ğorni örganiş böyiça birinçi tadqiqot 1985 yilda boşlangan. Boybuloq texnik jihatdan tuşişning qiyinligi sabab 5+ toifasiga kiradi. Asosiy tösiqlar – çuqurligi 180 metrgaça bölgan içki “quduqlar”, tor vertikal meanderlar, yarim sifonlar (ya’ni suv bilan tölgan ötiş joylari) va boşqalardir.

Mutaxassislarning fikriça, Boybuloq ğorining ötiş joylari 1283 m çuqurlikda A.Vişnevskiy nomidagi boşqa ğor tomon olib boradi. Ikkita ğorning potensial ulanişi 2033 m çuqurlik va taxminan 30 km uzunlikni taşkil qiladi. Agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, bu dunyodagi uçinçi eng çuqur ğor bölişi mumkin.

Rekord çuqurlikka erişiş uçun Boy-Buloq va A.Vişnevskiy ğorlarida yana tadqiqotlarni davom ettiriş rejalaştirilgan.

Boysun toğlarida bundan taşqari bir neçta ğorlar bor. Ular orasidagi eng maşhurlari Xöja Ğur-Ğur ota, Vişnevskiy. Bu ğorlarga ham nasib qilsa, sayohat uyuştiramiz.

Tohirjon Tursunov,