Xiva şahridagi Toş-hovli majmuasida alyuminiy profildan yasalgan romning örnatilişi prokuratura tomonidan örganiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Bildirilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 265-sonli qarorining 11-ilovasi asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Kengaşining madaniy meros obektlarida olib boriladigan har qanday ta'mirlaş va tiklaş işlari böyiça bajariladigan işlar smeta loyihalari taqdim etilgan holda ilmiy xulosa oliş belgilangan.

Madaniyat vazirligi tomonidan Xiva şahridagi Içanqal'a muzey qöriqxonasi hududidagi Toş-hovli majmuasiga örnatilgan alyuminiy profildan yasalgan rom Ilmiy-ekspert Kengaşidan ruxsat olmasdan örnatilgani aniqlangani aytiladi.

Qayd etilişiça, bu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, örganib çiqildi va mavjud muammo bartaraf etildi. Vazir topşiriği bilan hujjatlar respublika prokuraturasiga oşiriladi, madaniy meros obektlariga yetkazilgan zarar uçun aybdorlar javobgarlikka tortiladi.