Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Farg‘onada yaroqsiz batareykalar uchun maxsus konteynerlar o‘rnatildi
Ishlatib bo‘lingan, yaroqsiz batareykalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yil Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi butun mamlakat bo‘ylab keyinchalik utilizatsiya qilish maqsadida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlar o‘rnatish tashabbusi bilan chiqdi.
«Toza hudud» va «Maxsustrans» DUKning 701ta chiqindilarni yig‘ish punktlarida maxsus idishlar o‘rnatishni boshlash vazifasi topshirildi. Xuddi shunday taklif sanitariya-tozalov sohasidagi xususiy kompaniyalarga ham berildi.
Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida dastlabki yangi konteynerlarni ko‘rish mumkin. Ularni tanib olish juda oson – shakli va ko‘rinishidan ular batareykalarni eslatadi.
Bugungi kunda poytaxtda «Maxsustrans» DUKning 530ta va xususiy sanitariya-tozalov kompaniyalarining 171ta konteynerlari paydo bo‘ldi. Konteynerlar o‘rnatish ishlari davom etmoqda va ular barcha chiqindilarni yig‘ish joylarini qamrab oladi.
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026