Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 yoshli yigit «Chorsu» mehmonxonasidan tushib ketib vafot etdi
Bosh prokuraturaning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, holat 28 noyabr kuni sodir bo‘lgan. 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro sobiq «Chorsu» mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqqan va 21-qavatdan 3-qavatgacha tushib ketib, voqea joyida vafot etgan.
“28 noyabr kuni kechki vaqtda Shayxontohur tuman ichki ishlar organlariga tushgan xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan, 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro Ye.E. sobiq «Chorsu» mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqqan. U binoning 21-qavatidan 3-qavatigacha tushib ketib, voqea joyida vafot etgan”, - deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uzʼga taqdim qilgan ma’lumotda.
Marhum yigitning vafot etgani yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 05.06.2026
To‘rt bolaning “boshini yegan” elektromopedmi yoki?.. - Paxtachidagi fojia tafsilotlari
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
11:09 / 02.06.2026
Samarqandda elektrosikl kanalga qulashi oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi
20:20 / 17.02.2026