Paxtaçi tumanida 4 nafar bola suvga oqib ketib, halok böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. 

Ma’lum bölişiça, baxtsiz hodisa 31 may kuni keçga yaqin tumanning Ukraç mahallasida sodir bölgan. Uşbu mahallada yaşovçi 42 yoşli erkak sotib olgan yangi elektrosikliga aylantirib keliş maqsadida bolalarni mindirgan. Biroq ehtiyotsizligi oqibatida elektrosikl kanalga tuşib ketgan.

“Elektrosiklda jami 8 kişi bölgan: er-xotin, ularning 3 farzandi hamda yana 3 bola. Erkak kanal böyida oldinga haydayman deya tuşunmasdan ortga haydab yuborgan. Şunda elektrosikl Narpay kanaliga qulagan”, deydi hodisa guvohlaridan biri. 

Hodisa oqibatida 3, 6, 9 va 10 yoşli bolalar halok bölgan. Mahalla odamlari keçasi bilan bolalarning murdasini izlaşgan. 3 nafarining murdasi öşa kuni, biriniki esa 1 iyun kuni ertalab topilgan.

Vafot etganlarning ikkisi erkakning öz farzandlari, qolgan ikkisi esa qöşni bolalar bölgani aytilmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga köra, qutqaruvçilar voqea joyiga yetib borgan vaqtda kanalga tuşib ketgan 8 nafar fuqarodan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolingani ma’lum bölgan. Şundan söng zudlik bilan suvda keng kölamli qidiruv-qutqaruv işlari olib borilgan. Qutqaruvçilar va aholi yordamida olib borilgan suvda qidiruv işlari davomida halok bölgan bolalar kanaldan olib çiqilgan.

Qayd etilişiça, hozirda voqea joyida Paxtaçi tumani prokuraturasi, IIB, FVB tomonidan hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganiş işlari olib borilmoqda.