Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori necha pul turadi?
Toshkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Norma portali muxbiri shu savolga javob topishga urinib ko‘rdi.
O‘quvchimiz M.Tohirov uyi yonidagi dorixona va Rossiya internet-dorixonasidagi narxlarni solishtirib, narxdagi tafovutni ko‘rdi. U bunday farq qayerdan yuzaga keladi, degan savol bilan tahririyatimizga murojaat qildi.
O‘quvchimizning xulosalari qanchalik to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun 10 ta preparatni tanlab oldik. Shu o‘rinda bozorda xuddi shunday ta'sir ko‘rsatuvchi arzonroq dorilar borligini aytib o‘tmoqchimiz.
Birinchi navbatda bir ko‘chada joylashgan dorixonalarda bitta ishlab chiqaruvchining, bir xil dozirovka va upakovkadagi birgina dorisi narxlaridagi farq ko‘zga tashlandi. Narxlarning 20–40 ming so‘mga farqlanishi – oddiy hol, biroq bundan katta farq ham borligining guvohi bo‘ldik. Bitta dorixonada preparat raqobatchilarinikiga qaraganda arzonroq, boshqasida esa – shahar bo‘yicha eng qimmat bo‘lishi mumkin. Moskva dorixonalarida ham shunga o‘xshash holat mavjud.
To‘plangan axborotni jadval shakliga soldik. Hisob-kitob uchun qayd etishga muvaffaq bo‘lgan eng arzon narxlarni oldik. Axborotni to‘plash paytida belgilangan valyutalar kursidan foydalandik. Uni e'tiboringizga havola etamiz:

Ko‘rinib turganidek, beshta pozitsiya bo‘yicha Toshkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20 va undan ortiq foiz yuqoriroq, yana ikkitasida – farq uncha katta emas. Uchta preparat narxi Moskvadagidan arzonroq bo‘lib chiqdi.
Shunisi qiziqki, bitta tarmoqdagi dorixonalarda birgina preparat narxi turlicha bo‘lishi mumkin. «Dori-Darmon» tarmog‘i dorixonalarining ma'lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyaning ba'zi dorixonalarida «Aktovegin» 232 000 so‘m, boshqalarida esa 256 000 so‘mga narxlanishini bilib oldik. Operator yetkazib berish muddatlari sababli narxlarda farq yuzaga kelishini ma'lum qildi, qimmatrog‘i yaqinda keltirilgan bo‘lar ekan.
Dori narxining shakllanishi – murakkab masala, unga bir og‘iz so‘z bilan aniq javob berib bo‘lmaydi. Sotib olingan dori nega shuncha pulga baholanishini bilish uchun aynan sizning holatingizni tekshirish kerak.
Dorixonadagi dori vositalari narxlaridagi farqni faqatgina preparatlarning ishlab chiqaruvchidan dorixonaga yetkazib berilishini tashkil etish xarajatlari bilan asoslash mumkinmi? Bu omil ham rol o‘ynaydi, sababi ushbu zanjirda ko‘plab kompaniyalar ishlaydi, obektiv sabablarga ko‘ra ularning xarajatlari farqlanishi mumkin. Biroq farq bunchalik katta bo‘lishi normal holatmi? Bu savolga javob topa olmadik.
Oleg Gayevoy
Mavzuga oid
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
08:50 / 18.12.2025