Yöl belgilari qaçon örnatiladi?

Avtomobillar 60 kilometr soat tezlikda harakatlanişi belgilangan köçalar xatlovdan ötkazilgaç, tegişli belgilar bosqiçma-bosqiç örnatiladi.

Bunda haydovçilar çeklangan tezlik qayerda boşlanib, qayerda tugaşi haqida aniq ma’lumotga ega bölişadi.

Mazkur bayon asosida yuqori tezlik çeklangan va uşbu köçalarda örnatilgan maxsus moslamalar (radarlar, kameralar) ham transport vositalarining tezligini aniqlaşda çeklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslaştiriladi.

Taqiqlovçi belgilar örnatilmagunça jarima yozilmaydi

Mulozimning aytişiça, kerakli joylarga uşbu yölda tezlik çeklovi 60 km/soat etib belgilanganini anglatuvçi yöl belgilari örnatilib, köçalardagi maxsus moslamalar (radar va kameralar) ham transport vositalarining tezligini aniqlaşda çeklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslaştirilgandan sönggina qoidabuzarliklar hisobga olina boşlaydi.

Tezlik 60 km/soatgaça pasaytirilgan köçalarda taqiqlovçi belgilar örnatilişi böyiça ommaviy axborot vositalarida va rasmiy saytlar orqali jamoatçilikka ma’lumotlar berib boriladi.

+5 qoidasi saqlanib qoladi

Aziz Murodovga köra, radarlar va videokameralar tomonidan qoidabuzarliklarni qayd etişda +5 qoidasiga amal qilinadi.

“Misol tariqasida haydovçi 66 kilometr soat tezlikda harakatlanadigan bölsa barçaga ma’lum 5 kilometr soat tezlik çegirib taşlanadi va 61 kilometr soat tezlikda harakatlanib, qoidabuzarlik sodir etgani böyiça jarima qöllanişi mumkin”, deydi u.

Qoidalar e’lon qilingan kundan kuçga kirgan

IIV YHXX axborot xizmati rahbarining ta’kidlaşiça, tezlik çeklovi allaqaçon, ya’ni bu haqdagi xabarlar OAVda e’lon qilingandan kuçga kirgan. Garçi radar va kameralar qoidabuzarlik uçun jarima yozmasa-da, bugungi kunda harakat iştirokçilari yangi joriy qilingan tartibga amal qilib harakatlanişlari şart.

“Çunki birlamçi maqsad harakat iştirokçilarini javobgarlikka tortiş emas, balki avtomobil yöllarida harakat tezligini kamaytiriş orqali sodir bölayotgan yöl-transport hodisalarining oldini olişdan iborat”, deydi Azizxon Murodov.

Eslatib ötamiz, Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining 2023 yil 17 yanvar kuni tasdiqlangan 3-sonli yiğilişi bayoni bilan poytaxtdagi Kiçik halqa yöli