Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
«Yuksalish» milliy harakati raisi Bobur Bekmurodov ushbu qarorni olqishladi.
«Bundan 3 yil oldin biz shaharlarda tezlikni 60km/soatgacha tushirish masalasini ilgari surishni boshlagan edik. Bugun shunday qarorga kelindi. Kech bo‘lsa-da, to‘g‘ri qaror! O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 4-5 kishi avtohalokatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganini inobatga olib, muhim qadam deya olamiz. Navbat — shaharlarda jamoat transportini yaxshilash masalasiga!
Shu bilan birgalikda, haydovchilarda norozilik uyg‘otmaslik uchun, ushbu tezlik rejimiga o‘rganish uchun imkoniyat berilishi kerak. Masalan, bir oy davomida tezlikni 70 km/soatgacha oshirgan haydovchilarga birinchi martasiga ogohlantirish berilishi mumkin. Qolaversa, shahar ichida tezlik 60 km/soat ekanligini ko‘rsatib turuvchi beliglarni maksimal darajada joylashtirib chiqish lozim», degan u.
Toshkent shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi:
- O‘zbekiston shoh ko‘chasi (4R176 yo‘lining 0-4,5 km. oralig‘i)
- Ye.Alako‘z ko‘chasi (4R176 yo‘lining 4,5-11,1 km. oralig‘i)
- Xo‘ja ovul kichik aylanma yo‘li ko‘chasi (4R176 yo‘lining 11,1-14 km. oralig‘i)
- A.Dosnazarov ko‘chasi (4R176 «a» yo‘lining 0-10-km. oralig‘i)
- Qoraqalpog‘iston ko‘chasi (4R174 yo‘lining 0-2,5 km. oralig‘i)
- I.Karimov ko‘chasi, M.Jumanazarov ko‘chasi



























