Uzbekistan Airports kompaniyasi Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş zali qarşisidagi hududga taksilarning kirişi masalasida rasmiy bayonot berdi.

Kuni keça Raqobat qömitasi bu hududda yagona taksi xizmatining bölişi qonunlarga zidligini ta’kidlab, aeroportga rasmiy talablar qöygani, lekin Uzbekistan Airports bu talablarni rad etib, monopoliyaga qarşi organ bilan sudlaşgani va ikkita sudda yutqazganini ma’lum qilgandi.

Uzbekistan Airports öz bayonotida yagona taksi xizmatini körsatuvçi kompaniyani elektron auksion orqali tanlab olganini ta’kidladi. Unga köra, 2022 yil avgust oyida e’lon qilingan auksionda talabgorlar uçun bir qator majburiyatlar közda tutilgan. Xususan, taksi xizmati benzin yoki elektr quvvatida işlaydigan transport vositalariga ega bölişi (aeroport hududida gaz taqiqlangan), yölovçilardan barça şakllarda tölovlarni qabul qilişi, haydovçilari yagona formada va ozoda körinişda bölişi, özbek, rus va ingliz tillari asosini bilişi kerak.

Uçta kompaniya iştirokida ötgan auksionda “Bobur Diyor” kompaniyasi ğolib deb topilgan. Kompaniya belgilangan talablarga muvofiqligi tekşirilgaç, u şartnoma tuzilgan va 2022 yil 12 sentabrdan aeroportda “Aeroport Tashkent Taxi” brendi ostida yagona taksi xizmati iş boşlagan.

2022 yil 23 dekabrga kelib, Raqobat qömitasi Uzbekistan Airports'ga litsenziyaga ega barça taksi kompaniyalarining talablarga javob beradigan maşinalariga aeroportga teng kiriş huquqini beriş böyiça majburiy körsatma bergan.

“Vaholanki, bugungi kunda Toşkent şahrida yuzlab taksi kompaniyalari mavjud bölib, ularda minglab turli markadagi, turli yillarda işlab çiqarilgan, turli holatda va gazda yuradigan avtomobillar mavjud. Aeroport hududiga kirişda ularning toifalangan obektning talablariga muvofiqligini tekşiriş şunçaki imkonsiz. Şu munosabat bilan Uzbekistan Airports taksilar bilan boğliq vaziyatni bartaraf etiş va yölovçilar murojaatlarini inobatga olib, taksi xizmatlarini körsatiş böyiça yagona xizmatni tanlaşga qaror qildi. Aks holda, aeroportda tartibni ta’minlaşning iloji yöq edi”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Uzbekistan Airports şu vajlar bilan Toşkent şahar tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Sud 28 martdagi qarori bilan qömita körsatmalarini öz kuçida qoldirgan. 12 iyun kuni kompaniyaning qayta arizasi ham qanoatlantirilmagan.