Raqobat qömitasiga umumiy ovqatlaniş korxonalari faoliyati böyiça iste’molçilardan kelib tuşayotgan murojaatlarda ayrim restoran va kafelarda taomlar narxidan taşqari 10–15 foiz, ba’zan esa 20 foizgaça xizmat haqi qöşimça tölov sifatida undirilayotgani hamda avvaldan depozit mablağlar talab qilinayotgani haqida fikrlar bildirilgan.

Özbekiston Respublikasi “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunining 4, 19 va 21-moddalariga asosan:

  • iste’molçi tovar (iş, xizmat) haqida, şuningdek, işlab çiqaruvçi (ijroçi, sotuvçi) haqida töğri va töliq ma’lumot oliş, ularni erkin tanlaş hamda sifatli bölişini talab qilişga haqli;
  • ijroçi ayrim turdagi işlarni bajariş (xizmatlar körsatiş) qoidalarida yoki şartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda işni bajarişi (xizmat körsatişi) şart;
  • sotuvçi (ijroçi) iste’molçini haq evaziga qöşimça tovarlar sotib olişga yoki qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaşga, şuningdek körsatilmagan xizmatlar uçun haq olişga haqli emas.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, Raqobat qömitasi umumiy ovqatlaniş sohasidagi xöjalik yurituvçi sub’yektlarni qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaşga yöl qöymasliklari, ya’ni umumiy ovqatlaniş korxonalari turlaridan kelib çiqib iste’molçilarning öz-öziga xizmat qiliş imkoniyatini yaratiş, taomlar narxi, xizmat körsatiş tartibi va ular bilan boğliq şartlar, şu jumladan ofitsiant xizmati uçun haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan öz vaqtida töliq taniştirib ötişlari lozimligi borasida ogohlantirdi.