Raqobat qömitasi 11 ta tovar bozorida ustun mavqega ega bölmagan, lekin bitim şartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir körsatiş imkoniyati mavjud bölgan 66 ta korxona röyxatini tuzdi. Xususan, Toşkent şahrida faoliyat olib boruvçi avtoturargoh operatorlarining ustun muzokara kuçini e’tirof etiş yuzasidan tegişli örganişlar olib borilayotganligi ham ma’lum qilindi.
«Raqobat töğrisida»gi qonunning 14-moddasiga köra, ustun mavqega ega bölmagan xöjalik yurituvçi sub’yekt yoki şaxslar guruhi tomonidan bitim şartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir körsatiş imkoniyati mavjud bölsa, bunday holat ustun muzokara kuçi deb e’tirof etiladi.
Quyidagi link orqali ötib, röyxatga kiritilgan 66 ta korxona bilan tanişiş mumkin.
Poytaxt köçalarida avtomobil qöyiş joylaridan foydalaniş haqi soatiga 12 ming sömdan boşlab belgilangani, tuşayotgan mablağlar böyiça oçiqlik va hisobdorlik yetişmayotgani jamoatçilik orasida turli muhokamalarga sabab bölyapti.
Avvalroq, Xalq demokratik partiyasi ham Toşkent şahridagi avtomobillar uçun pulli töxtaş joylaridagi narxlarni qayta körib çiqişga çaqirgandi.











