Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Ilon Mask Kir Starmerni Britaniya bosh vazirligi lavozimidan qanday chetlatishni o‘rganmoqda
Financial Times manbalariga ko‘ra, amerikalik milliarder ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniyadagi leyboristlar hukumatini beqarorlashtirish masalasini muhokama qilyapti.
Foto: Financial Times
Tesla, SpaceX va X kompaniyalari egasi Ilon Mask ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerni 2029 yilda o‘tkaziladigan saylovlarga qadar lavozimidan chetlashtirishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi «tajovuzkorona postlaridan tashqari», ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniyadagi leyboristlar hukumatini beqarorlashtirish masalasini muhokama qilmoqda. «Uning hisoblashicha, G‘arb sivilizatsiyasi xavf ostida», — deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.
Mask Starmerni lavozimidan chetlashtirish uchun Buyuk Britaniyadagi muqobil siyosiy harakatlar, xususan, Nayjyel Farajning o‘ng qanot populistik partiyasi yordam bera olishi mumkinligini o‘rgangan. Nashrning qayd etishicha, Mask, shuningdek, partiya yetakchiligi uchun Faraj o‘rniga boshqa nomzod qidirmoqda.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralashishda ayblagan edi. «10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, shu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralashishini kim ham tasavvur qilgandi», — degan Fransiya prezidenti. O‘z navbatida Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Yevropa komissiyasini amerikalik tadbirkor Ilon Maskka nisbatan qattiqroq chora ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore ham Maskning siyosatga aralashuvidan xavotirda ekanini bildirgan.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
18:02 / 10.03.2026