Rossiya Ukraina şaharlariga zarba bermoqda, Ukraina ham şunday javob qaytara oladimi?
|01:30 / 24.10.202254 47423 min
Belgorod, 2022 yil iyul oyi. Foto: YEVGENY SILANTIEV/TASS
Ukraina şaharlariga ommaviy raketa zarbalari berişning yangi tölqini boşlanişi ortidan Rossiyaning çegaraga yaqin hududlarida favqulodda vaziyatlar muntazam ravişda sodir bölmoqda: portlaşlar, yonğinlar... havo mudofaasi faol işlamoqda. Mahalliy hokimiyat Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilayotganini aytadi, Ukraina hukumati aksariyat hollarda mojaroda Rossiyaning özi aybdorligini ta’kidlaydi.
Ukraina Rossiya hududiga muntazam zarba beriş uçun qanday texnik imkoniyatlarga ega? Ukraina bunday hujumlarni amalga oşirişga qay darajada tayyor? Va umuman olganda, Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan çegaralari doirasida juda faol harbiy harakatlarni ötkaziş Kiyevning manfaatlariga qançalik mos keladi?
***
10 oktyabrdan beri Rossiya tomonidan Ukraina hududiga uyuştirilgan ommaviy raketa hujumlari haqidagi xabarlar bilan bir qatorda Rossiyaning çegaradoş hududlari ham tobora faol öqqa tutilayotgani haqidagi xabarlar köpaydi. Ba’zi hollarda gap havo hujumidan mudofaa tizimi faoliyati haqida ketadi, tizim nimanidir urib tuşirgan böladi. Ukraina rasmiylari köpinça öz hududiga, masalan Xarkivga otilgan Rossiya raketalarini urib tuşirganini da’vo qiladi.
Xususan, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak Rossiyaning Belgorod şahridagi turar joy binosiga raketa urilganini quyidagiça izohladi:
«Rossiya Xarkiv tomon raketa uçirdi, biroq nimadir notöğri bajarildi va u Belgoroddagi turar joy binosiga tegdi. Tergov böladimi? Yoki kimdir jazolanadimi? Yöq. Putinga kimni öldirişning farqi yöq: ukrainlarni yoki ruslarni. Tarğibotçilar tezda soxta sabablarni topişadi».
Rossiya rasmiylarining ta’kidlaşiça, bu Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutişning oqibatlari.
13 oktyabr kuni Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov şahardagi köp qavatli uy raketa urilişi oqibatida vayron bölgani haqida yozdi. Şuningdek, Şebekino şahridagi bojxona posti öqqa tutilişi va öq-dorilar ombori portlaşi haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
14 oktyabr kuni oblast rahbari Rossiya havo mudofaa kuçlari tomonidan Belgorodning Novooskolskiy rayonida raketalar urib tuşirilganini yozdi. Bölaklar temiryöl yaqiniga qulab tuşgan. Xuddi şu kuni, Belgorod öqqa tutilganidan söng, elektr podstansiyasi, ertasi kuni esa neft ombori yonib ketdi.
Bu yonğin fotosi Belgorod oblasti gubernatori tomonidan e’lon qilingan. Foto: T.ME/VVGLADKOV
19 oktyabr kuni gubernator Gladkov Ukraina qurolli kuçlari tomonidan Şebekino qişloği kuçli öqqa tutilgani haqida xabar berdi. Uç kişi jarohatlangan. Gubernator öqqa tutilgan hududda yaşovçi aholidan «hududni vaqtinça tark etiş»ni söradi.
Öşa kuni Rossiya tomonidan annexia qilingan Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev şahar uzra (Belbek aerodromi yaqinida) havo mudofaasi tomonidan dron urib tuşirilganini yozdi. Uning bölaklari xususiy turar joy binosiga qulagan. Razvojayevning sözlariga köra, heç kim jabrlanmagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 oktyabr kuni Ukrainaning annexia qilingan hududlarida harbiy holat joriy etilganini e’lon qilar ekan, «Öqqa tutişlar davom etmoqda. Hududimizga qöporuvçilar guruhi yuborilmoqda» dedi. Şuningdek, Ukraina göyo Rossiya mintaqalaridagi energetika va transport obektlariga, jumladan, «atom energiyasi obektlari»ga hujum tayyorlayotganini aytdi.
Putinning farmoniga köra, Rossiyaning qator hududlarida «tört darajali çeklovlar» joriy etildi. Masalan, annexia qilingan Qrim va Sevastopol, Krasnodar ölkasi, Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk va Rostov oblastida «örta darajadagi çeklovlar» joriy etildi. Çora-tadbirlar qatorida aholini xavfsiz hududlarga vaqtinça köçiriş imkoniyati ham közda tutilgan.
Rasmiy Kiyev heç qaçon Rossiya hududidagi hujumlar uçun javobgarlikni tan olmagan.
Aprel oyida Belgorodda birinçi «ğalati» portlaşlar sodir bölganidan söng, ijtimoiy tarmoqlarda göyo Ukraina harbiy vertolyotlarning şahar uzra uçib ötgani tasvirlari paydo böldi. Ukraina Xavfsizlik kengaşi kotibi Oleksiy Danilov bu haqda şunday degandi: «Bizning bunga nima aloqamiz bor?... Bu kimlar ekanini bilmayman. Vaqt ötadi va hamma narsa öz joyiga tuşadi. Balki bular Rossiya harbiylaridan ikkita vertolyotni ijaraga olib, şahar uzra sayr qilmoqçi bölgan odamlardir?».
Rossiya şaharlari tahdid ostidami?
Harbiy şarhlovçi Yuriy Fyodorovning sözlariga köra, agar işning texnik tomoni haqida gapiriladigan bölsa, Ukraina zarur qurollarga, jumladan, HIMARS va şunga öxşaş raketa tizimlariga ega. Ular 80 km masofaga zarba bera oladi.
Nazariy jihatdan, ularning nişonlari çegara çiziğidan 50-60-70 km masofadagi Rossiya harbiylari yoki infratuzilma obektlari bölişi mumkin.
Anonim qolişni istagan rossiyalik ekspert sözlariga köra, Ukrainaning qisqa masofalarga zarba beruvçi qurollar bilan çegara hududlariga, perimetr böylab, ya’ni annexia qilingan Qrimdan Bryanskgaça bölgan joylarga zarba beriş, yoki hudud içkarisida qöporuvçilik harakatlarini amalga oşiriş ehtimoli katta.
«Bryansk, Kursk, Belgorod va Qrimga zarba beriş ehtimoli katta, çunki ular juda yaqin. Krasnodar ölkasi ham xavfli zonada», dedi ekspert.
Belgoroddagi uylar vaqti-vaqti bilan öt oçilişi yoki raketa parçalari qulaşidan şikastlanadi
Reuters / Scanpix / LETA
Boşqa tomondan, iyul oyida Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov HIMARS tizimlari Ukrainaga jönatilayotganda ğarbiy hamkorlar Kiyev oldiga şart qöyganini aytdi: bu qurollardan Rossiya hududidagi obektlarga zarba berişdan tiyiliş.
«Bu haqda hamma joyda aytilgan, hatto şaxsan özim Pentagon rahbariga xat yöllaganman. Amerika qurollaridan faqat duşmanni tiyib turiş va işğol qilingan hududlarni ozod qiliş maqsadida foydalanişni va’da berganmiz», dedi Oleksiy Reznikov.
Qrim va sentabr oyida annexia qilingan hududlarni Kiyev albatta Rossiya Federatsiyasi hududi deb hisoblamaydi.
Ukraina zarba beriş uçun qanday texnik imkoniyatlarga ega?
Hozir Ukraina qurolli kuçlarida Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan yuqori aniqlikdagi GMLRS raketalari bor.
Şuningdek, Ukrainada modernizatsiya qilingan «Smerç» raketa tizimi uçun möljallangan özining «Olxa-M» taktik raketalari ham bor. Ular 100 km masofaga zarba bera oladi. Bu ma’lumotni tasdiqlaşning iloji yöq, «Olxa-M» raketalari haqidagi barça ma’lumotlar sir saqlanmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi «Olxa-M» raketalari urib tuşirilayotgani haqida muntazam xabar beradi. Sönggi bunday hisobot 14 oktyabrda e’lon qilindi. Bu xabarlarning haqiqiyligini tasdiqlaşning iloji yöq.
Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlarida sovetlar davrida işlab çiqilgan «Toçka U» operativ-taktik komplekslari ham bor. Bu ança eski qurol – asosiy versiyadagi kompleks 1975 yildan beri, modernizatsiya qilingani esa 1989 yildan beri xizmat qilmoqda. «Toçka U» raketalarining maksimal parvoz masofasi 120 kilometrni taşkil etadi.
Sevastopoldagi Belbek aerodromi 2021 yilgi rekonstruksiyadan keyin
SERGEY MALGAVKO/TASS
Ammo, ukrainalik harbiy ekspert Mixaylo Jiroxovning sözlariga köra, haqiqiy ma’lumotlar boşqaça.
«Bu zavod raqamlari, aslida raketa ança qisqa masofalarga uçadi. Uşbu raketalar ayniqsa aniqligi bilan ajralib turmaydi. 70 kilometrdan ortiq masofaga uçirilganda ularning nişondan oğib ketiş ehtimoli 200 metrni taşkil qiladi. Ba’zi sinovlar orqali bu körsatkiçni 50 metrgaça kamaytirişga erişildi. Aniqlikning pastligi qisman zaryad kuçi bilan qoplanadi – raketa kallagi oğirligi deyarli yarim tonnani taşkil qiladi».
Ukraina bir neça oydan beri Qöşma Ştatlardan MGM-140 ATACMS raketalarini yetkazib berişni söramoqda. Bu yuqori aniqlikdagi raketa bölib, 300 kilometr masofaga harakatlana oladi va jangovar kallak oğirligi 220 kilogrammdan ortiq. U nişonni aniqlaşda GPS navigatsiyasidan foydalanadi. Şu paytgaça Ukrainaga bunday raketalar yetkazib berilgani haqida rasmiy ma’lumot yöq.
Şunday bölsa-da, bunday raketalarni yetkazib beriş imkoniyati Ukraina harbiy-siyosiy doiralarida ançadan beri muhokama qilinmoqda. Ammo nima uçun bu hali ham amalga oşirilmagani haqidagi taxminlardan biri şuki, Qöşma Ştatlar Kiyev raketalarni Rossiyadagi nişonlarga qarşi qöllaşidan qörqadi va bu ziddiyatning Vaşington istamaydigan darajada avj olişiga sabab böladi.
Mutaxassis Mixail Jiroxov Ukrainaga bunday raketalarni yetkazib beriş bilan boğliq muammolarning sababi haqida boşqaça fikrda.
«Menimça, bu muammo emas. Amerikaliklar ularning har bir uçirilişini nazorat qiliş şarti bilan yetkazib berişi mumkin va buning imkoni bor. Menimça, AQŞ arsenalida bunday raketalar unçalik köp emas. Va Xitoy bilan boğliq muammolar zamirida omborlarni böşatiş ham maqsadga muvofiq emas. Axir Ukrainaga 10 yoki 20 ta raketa emas, ança köproği kerak», deydi u.
Şu bilan birga, Ukrainaning ma’lum doiralarida hatto ATACMS raketalari yetkazib berilişi ham yetarli bölmaydi degan tasavvur borligiga asoslar yetarli. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni, general Valeriy Zalujniy aytib ötgan.
Ukraina va Rossiya örtasidagi harbiy qarama-qarşilikning asosiy xususiyati, ularning arsenalida bölgan qurollar imkoniyati orasidagi keskin farqni aks ettiradi. Masalan, Rossiya qanotli raketalari taxminan 2 ming km masofaga uçadi, Ukrainaniki atigi 100 km.
«Vaziyat şunday bölib qolsa, bu uruş köp yillar davom etişi mumkin... Albatta, duşmanni bir zumda bunday muhim ustunlikdan mahrum qilib bölmaydi. Ammo duşmanga şu tarzda va şunday masofaga qarşilik körsatiş qobiliyatimizni namoyiş qiliş imkoni bor», deb yozdi Zalujniy.
Uning fikriça, Ukraina öz hamkorlaridan uzoq masofaga zarba beruvçi qurollar yetkazib berilişiga erişiş uçun «töğri iş» olib borişi kerak. Çunki «Ukraina qurolli kuçlari tomonidan bunday qurollardan foydalaniş ehtimoli mavjudligi Rossiyani uruş tabiati, yönalişi va natijasiga özgaça nuqtadan nazar solişga majburlaydi».
Biroq hozirça Kiyev va uni bunday qurollar bilan ta’minlaşga qodir davlatlar örtasida uşbu masala böyiça ehtimoliy muzokaralar qaçon boşlanişi haqida heç qanday ma’lumot yöq.
Kiyevda yana qanday texnik vositalar bor?
Anneksiya qilingan Qrim hududida 17 avgust kuni qator portlaşlar sodir böldi. Ulardan biri – Belbek harbiy aerodromida. Mahalliy rus ma’muriyati xabariga köra, hujum dron yordamida amalga oşirilgan. Dronning Ukraina hududidan kelgani haqida heç qanday dalil yöq.
Kiyev Belbek aerodromi va boşqa hududlardagi hodisalar uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi. AQŞ Harbiy-dengiz tahlili markazining Rossiya dasturi direktori Maykl Kofmanning sözlariga köra, bundan qöşimça ma’no izlamaslik kerak.
«Ukraina bu zarbalardan qaysi biri uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişi yoki olmasligiga e’tibor bermagan bölardim. Şubhasiz, bu zarbalar havo hujumlari, uçuvçisiz samolyotlar, vertolyotlar va hokazolar yordamida aynan Ukraina tomonidan berilmoqda», dedi u.
Rossiya sönggi paytlarda Ukrainada nisbatan arzon kiçik dronlardan tobora köproq foydalanmoqda. Xususan, gap Eronda işlab çiqarilgan «Geran-2» («Shahed-136») dronlari haqida bormoqda – ular Ukraina infratuzilma obektlariga va Rossiya tomonidan harbiy deb atalgan boşqa nişonlarga zarba beryapti.
17 oktyabr kuni Kiyevga qilingan navbatdagi hujumdan söng, şahar meri Vitaliy Kliçko hujumda foydalanilgan dronlar suratini e’lon qildi – ular orasida «Geran-2» ham bor edi.
Ukrainada ham şunga öxşaş tizimlar işlab çiqilgan bölişi mumkin. Ular dastlab öz-özini portlatiş uçun möljallangan bölişi şart emas, lekin biroz takomillaştirilgandan keyin şunday turdagi qurolga aylanişi mumkin.
Bunday qurollarni ommaviy ravişda işlatiş mumkin, bu havo mudofaasi işini sezilarli darajada murakkablaştiradi. Ular orqali duşman mudofaasining ança orqa qismiga zarba beriş mumkin.
Ukraina Rossiya obektlariga boşqa yöllar bilan zarar yetkazişi mumkinmi?
Rossiya hududida qöporuvçilik harakatlari salmoği qanday bölişi mumkinligi haqidagi savolni kötaradigan şov-şuvli voqea 8 oktyabr kuni sodir böldi – Qrim (Kerç) köprigining bir qismi vayron qilindi. Şundan söng, rus harbiylari Ukraina şaharlarini uruş boşidan beri kuzatilmagan şiddat bilan ommaviy öqqa tuta boşladi.
Qrim köprigidagi portlaşni kim uyuştirgani haqida hozirça aniq javob yöq.
Rossiya FXX köprikning vayron qilinişini terrorçilik harakati deb atadi va uning taşkilotçisi – Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boş boşqarmasi deb hisoblaydi. Rossiya razvedka xizmati köprikdagi portlaşga aloqador kamida 12 kişining şaxsi aniqlaganini da’vo qilmoqda.
Ukraina portlaşga aloqadorligini rad etadi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak portlaşdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda «öğirlangan hamma narsaning qaytarilişi» va «noqonuniy qurilgan hamma narsaning yöq qilinişi» haqida falsafiy fikrlarini yozdi. Ammo keyinçalik javobgarlikni içki ziddiyatlarda «nazoratdan çiqib ketgan» Rossiya xavfsizlik kuçlariga yukladi.
Şunga öxşaş fikrni prezident Volodimir Zelenskiy ham bildirdi. Kanadaning CTV News telekanaliga bergan intervyusida u köprikdagi portlaş Rossiya harbiylari va maxsus xizmat kuçlari örtasidagi içki kuraş natijasi bölişi mumkinligini aytdi.
«Bilişimça, biz bunday buyruqni bermaganimiz aniq. U yerda hokimiyatning köplab böğinlari bor. Bu katta tizim. Sovetlar ittifoqida bu KGB edi. Bugungi kunda bir neça bölimlarga ajralgan va ular kim asosiy kuç ekani böyiça doim raqobatlaşib kelişadi», dedi Zelenskiy.
Yana bir voqea «Rus dunyosi» mafkurasi asosçisi, kremlparast faylasuf Aleksandr Dugin qizi Daryaning öldirilişi bilan boğliq. Aynan şundan söng Rossiya hududida qöporuvçi guruhlar harakat qilayotgani haqida gapirila boşlandi. FXX bu voqeaga Ukraina maxsus xizmatlari aralaşganini ma’lum qildi.
Oktyabr oyi boşida New York Times gazetasi AQŞ razvedka xizmatidagi anonim manbalarga tayanib, Darya Duginaning maşinasini portlatişga Ukraina hukumati vakillari sanksiya bergani haqida yozdi.
Moskvada Darya Dugina bilan vidolaşuv. Foto: VYACHESLAV PROKOFIEV/TASS
Uruş boşlanganidan beri Rossiya maxsus xizmatlari muntazam ravişda «Ukraina qöporuvçi guruhlari» yoki Ukrainadan boşqariladigan guruhlar haqida muntazam bayonot bera boşladilar.
Masalan, FXX avgust oyida «Ukraina qöporuvçi guruhlari» Kursk oblastidagi oltita elektr uzatiş liniyasi ustunini portlatganini ma’lum qildi.
Vladimir Putin esa 10 oktyabr kuni bölib ötgan Xavfsizlik kengaşi yiğilişida mamlakatda elektr energiyasi va gaz transporti infratuzilmasi obektlarida «qator teraktlar» sodir etilgani va sodir etişga uriniş bölayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, «Turk oqimi» gaz quvuri qismlaridan birini ham portlatişga urinişgan.
Putin Ukrainani qöporuvçilik harakatlarini sodir etişga urinişda aybladi va «bularning barçasi obektiv ma’lumotlar, jumladan, uşbu terrorçilik harakatlari ijroçilarining körsatmalari bilan isbotlangan»ini aytdi. Şuningdek, u «Şimoliy oqim» suv osti gaz quvurlari işdan çiqqanini ham eslatib ötdi.
«Ma’lumki, Rossiya vakillariga Boltiq dengizi tubi böylab ötgan xalqaro gaz uzatiş tizimlarining portlatilişi va vayron qilinişi sabablarini örganişga ruxsat berilmayapti. Lekin bu jinoyatdan eng köp foyda olgan tomon kim ekani hammamizga ma’lum», dedi Putin.
Quvurdagi portlaşga Ukraina maxsus xizmatlari aloqadorligi haqida heç qanday dalil yöq. Mixaylo Podolyak 27 sentabr kuni «Şimoliy oqim»dan gaz sizib çiqişini «Rossiya tomonidan rejalaştirilgan terakt va Yevropa Ittifoqiga qarşi tajovuzkorlik harakati» deb atagandi. «Rossiya Yevropadagi iqtisodiy vaziyatni beqarorlaştirib, qiş oldidan vahima qözğatmoqçi», dedi u.
«Rossiyada Moskvadan to Vladivostokkaça bölgan istalgan obektda terrorçilik yoki qöporuvçilik harakati amalga oşirilişini texnik jihatdan tasavvur qiliş mumkin», deydi ismi sir qolişini söragan rossiyalik harbiy ekspert.
Şu bilan birga, u bir martalik bunday harakatlar muvaffaqiyat keltirmasligini aytadi. «Agar tösatdan infratuzilmaga bir qator terrorçilik hujumlari, diversiyalar uyuştirilsa, heç bölmaganda uruş davom etar ekan, bundan foyda köradigan tomon aniq», deb qöşimça qildi u.
Harbiy ekspert Yuriy Fyodorovning sözlariga köra, agar Qrim köprigidagi portlaş Ukraina xavfsizlik xizmati yoki harbiy razvedkasi işi bölgan deb taxmin qilinsa, demak Ukraina Rossiya hududida yetarliça keng va samarali razvedka tarmoğiga ega.
Ukraina agar şunday imkoniyatga ega bölsa, nega ommaviy zarbalar bermayapti?
Ukraina hukumati 1991 yil holatiga öz tarkibida bölgan Qrimga va boşqa hududlarga özi bergan zarbalarni qonuniy deb hisoblaydi, deb eslatadi Yuriy Fyodorov.
«Bosib olingan yoki annexia qilingan hududlar qonuniy nişon hisoblanadi, bu hududlardagi obektlar Ukraina qurolli kuçlari tomonidan beriladigan zarbalar uçun qonuniy nişon hisoblanadi. Va buni Ukrainaning Yevropadagi ittifoqçilari tan oladi va umuman olganda, Rossiyadan boşqa heç kim e’tiroz bildirmaydi», deydi Fyodorov.
Körinişidan, Qöşma Ştatlar ham xuddi şunday pozitsiyaga ega. Qrim köprigidagi portlaşdan söng, Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti mutaxassislari «Ukraina tomonidan Qrimdagi logistika obektlariga berilgan zarba yetkazib berilgan qurollardan foydalaniş böyiça Ğarb hamkorlari oldidagi majburiyatlarini buzmaydi. Çunki Qrim 2014 yilda Rossiya tomonidan işğol qilingan hudud hisoblanadi», deb ta’kidlaşdi.
«Ukraina kuçlari Qrimdagi sönggi zarbalarda AQŞ yetkazib bergan qurollardan foydalangani haqida heç qanday ma’lumot yöq va ular buni qilgan bölişi ehtimoldan yiroq, çunki nişonlar AQŞ tomonidan taqdim etilgan tizimlarning foydalaniş çegarasidan ança uzoqda», deyiladi institut hisobotida.
Ittifoqçilar, xususan, qurol yetkazib beruvçi davlatlar fikri Ukraina uçun jiddiy siyosiy omil hisoblanadi. Ammo bu muayyan mamlakatga boğliq – bunday ittifoqçilar soni 30 dan ortiq.
Ukraina va AQŞ prezidentlarining 2021 yil sentabridagi uçraşuvi. Bu Volodimir Zelenskiy oliy darajadagi uçraşuvlarda kamuflyaj bilan iştirok etmaydigan damlar edi. Foto: EPA
Kiyevdan yangrayotgan ayrim bayonotlarni tinç şaharlarga berilgan zarbalar uçun Rossiyadan qasos oliş istagi sifatida talqin etiş mumkin.
«Zarbalaringiz bizda faqat ğazab va nafrat uyğotadi! Qörquv emas, sulh tuziş istagi ham emas. Bizda sizlarni, terrorçilarni, qayerda bölsangiz ham, köçalarda, bunkerlarda, quruqlikda yoki dengizda bölsangiz ham yöq qiliş istagini uyğotasiz», deb yozdi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov 10 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda.
Ammo Ukrainada hamma ham Rossiya agressiyasiga simmetrik javob berişdan amaliy foyda körmaydi.
«Ukraina bunday hujumlarga (Rossiyaning raketa zarbalariga) javob qaytaradimi degan savol, menimça, notöğri. Agar şunday nuqtayi nazardan gapirsak, duşman jazolanişi kerakligi haqidagi rus paradigmasiga tuşib qolamiz. Ukraina harbiy qömondonligi qasos oliş uçun qandaydir çora köradi deb öylamayman», deydi Kiyevdagi Razumkov markazining taşqi siyosat va xalqaro xavfsizlik dasturlari hamraisi Oleksiy Melnik.
Ukrainalik harbiy ekspert Mixaylo Jiroxov ham uning fikriga qöşiladi.
«Ukraina mudofaa uruşini olib borayotgani sababli, Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar heç qanday harbiy ahamiyatga ega emas. Faqat harbiy infratuzilmaga zarba beriş, jumladan, dronlarni boşqariş punktlariga, qöşinlar töplangan joylarga zarba beriş ahamiyatli. Bundan taşqari, bunday zarbalar Ğarb ittifoqçilarimiz tomonidan qoralanişi va bu Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib beriş yoki moliyaviy yordamni qisqartirişi yoki butunlay bekor qilişi mumkin. Ğarb jamiyati Ukrainani öz hududlarini Rossiya bosqinidan ozod qiliş uçun kuraşayotgan davlat sifatida qabul qiladi. Fuqarolik obektlarini yöq qiliş esa – öz hududlarini ozod qiliş uçun kuraş emas», deydi u.
Anonimlikni söragan rossiyalik harbiy ekspert fikriga köra, Ukrainaning qöporuvçilik-razvedka usullariga murojaat qilişi mamlakat obrösiga putur yetkazişi mumkin.
«Menimça, Ukraina bunday hujumlardan foydalaniş orqali Ğarbda va boşqa mamlakatlarda öziga nisbatan munosabatni sezilarli darajada yomonlaşişi mumkinligini hisobga olişga majbur. Bu Rossiyaning ehtimoliy javobi xavfidan taşqari jiddiy çeklov», dedi u.
Şunga qaramay, tayyorgarlik çoralariga qaraganda, Rossiya hukumati Ukraina bilan çegaradoş bölmagan hududlar ham ma’lum zarbalardan aziyat çekişi mumkin bölgan ssenariyni ham körib çiqmoqda.
Masalan, Qrim köprigiga qilingan hujumlardan söng, Rossiya hukumati Davlat dumasiga aholini hujum haqida ogohlantiriş uçun yagona va doimiy işlaydigan tizimni yaratiş töğrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Tuşuntiriş xatida aytilişiça, «qonun loyihasi qabul qilinişi aholini harbiy mojarolardan kelib çiqadigan xavf-xatarlar töğrisida xabardor qilişni ta’minlaydi».
«Vajnyye istorii» naşri Moskvadagi bir neça uylar yertölasi bombapana joylarga aylantirilişi rejalaştirilgani haqida xabar berdi. Biroq, Rossiyada bombalardan saqlovçi boşpanalarni tayyorlaş işlari bahordayoq boşlangan.
Vladimir Putin 19 oktyabrda mintaqalarda, jumladan, Ukraina bilan çegaradoş bölmagan hududlarda ham «tört darajali çeklovlar»ni e’lon qildi. Bu esa Rossiya rasmiylarining Ukrainaning javob zarbalaridan çöçişini tasdiqlaydi.
AQŞ Fletçer maktabi ilmiy xodimi Pavel Luzinning fikriga köra, Rossiyada, xususan, Belgorod oblastida portlaşlar davom etişi mumkin: «Agar Rossiya eskalatsiyani davom ettirsa, Ukraina javob zarbasi hududini kengaytiriş imkoniyatiga ega va bu imkoniyatlar oşib boradi».