Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denovda o‘lim bilan tugagan zo‘ravonlik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi
Ma’lum bo‘lishicha, ota-bolani kaltaklaganlardan biri ularning qarindoshi bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ota va bolani kaltaklab, ulardan ikkinchisini o‘ldirib qo‘ygan to‘rt kishi qo‘lga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB rasmiy axborotida aytilishicha, hodisa 27 aprel kuni Denov shahri Bog‘ishamol mahallasidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldida yuz bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, 56 yoshli ota A.U va uning 32 yoshli o‘g‘li A.A.ni pul oldi-berdisida oldindan o‘zaro ziddiyatda bo‘lgan 37 yoshli jiyani Q.Sh uch nafar sherigi – 30 yoshli T.Sh, 29 yoshli X.Sh hamda 30 yoshli T.Sh bilan birga urib, do‘pposlagan.
Ular A.A.ni Gentra’ga o‘tqazib voqea joyidan olib ketishgan. U og‘ir tan jarohatlari bilan shu kuni shifoxonaga yotqizilgan. Uni bu yerga kim tashlab ketgani ochiqlanmagan.
Ammo A.A ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan oradan 1 kun o‘tib – 28 aprel kuni vafot etgan.
Viloyat IIB dastlab holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» va «ye» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandi. Keyinroq ish JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga qayta malakalanganini ma’lum qildi. Ushbu moddaga ko‘ra, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi qayd etilgan.
Ushbu hodisa ishtirokchilari bo‘lgan jiyan va uning 3 nafar sherigi ushlanib, protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Bundan oldinroq Kun.uz manbasi ushbu qotillik Denovda «Shakki» laqabi bilan tanilgan zo‘ravon boshchiligidagi guruh tomonidan sodir etilganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
09:27 / 07.04.2026