Jamiyat | 17:49 / 14.06.2018
26602
3 daqiqa o‘qiladi

Namoz - bandani Alloh bilan yaqinlashtiradigan ibodat

“Islom nuri” dasturining bugungi sonida mo‘min-musulmonlar uchun farz qilingan buyuk ibodat – namoz haqida so‘z boradi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Masjidlar bo‘limi xodimi Isoqjon Begmatov xabar bermoqda.

YouTube'da tomosha qilish

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tas-IX'da tomosha qilish

Insonlarning zimmasida buyuk bir mas'uliyat bor -  u ham bo‘lsa namoz o‘qishlikdir. Nafaqat namoz o‘qish, balki uni o‘z vaqtida o‘qish ham alohida farz. Demak, bizlarni Alloh taologa qulchiligimiz, bandachiligimizni izhor etish borasidagi eng buyuk ibodat – namoz ibodatidur. 

Qolaversa, namoz mo‘min-musulmonlarni tarbiyalaydigan ibodat hamdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v): “Bandaning Allohga eng yaqin vaqti, uning sajdada bo‘lgan holatidir”, deb marhamat qilganlar. Aytingchi, qaysi banda o‘zining Rabbisiga yaqin bo‘lishni xohlamaydi? Barcha xohlaydi. Bu darajaga yetishish uchun namoz ibodatini mukammal ado etishimiz lozimdir.

Namoz insonni tartibga o‘rgatadi. Har kuni besh mahal namozni o‘z vaqtida, qoldirmasdan, qazo qilmasdan o‘qishga o‘rgangan mo‘min-musulmon barcha dunyoviy ishlarini ham o‘z vaqtida qilishlikka o‘rganadi. Uning hayotida tartib yuzaga chiqadi. Tartibli hayotda esa baraka bo‘ladi. 

O‘zbekiston musulmonlar idorasi
Masjidlar bo‘limi xodimi Isoqjon Begmatov

Tartibsizlik esa barcha yomonliklarning boshi. U dangasalik, yalqovlik va loqaydlikni keltirib chiqaradi. Tartibsiz inson nafaqat Alloh taolo bilan bo‘lgan aloqasida betartiblik qiladi, balki o‘ziga o‘xshash insonlar bilan bo‘ladigan munosabatda ham betartiblikni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, namoz bizlarni barcha yomonliklardan qaytarib turuvchi vositadir. Namoz o‘qiydigan inson biror gunohga qo‘l urmoqchi bo‘lsa, o‘qiyotgan namozi uning xayoliga keladi. Insonning nafsi o‘zini o‘zi malomat qilishni boshlaydi, - dedi I.Begmatov.

Maqola O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.

Mavzuga oid