Manba: Qashqadaryo viloyati rahbariyatining «to‘rtligi» ishdan olinadi
Qashqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boshliqlari ishdan olinishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ushbu to‘rtta sektor rahbarining o‘rniga kimlar tayinlanishi haqida hozircha ishonchli ma'lumot yo‘q. Bugun Qashqadaryo viloyatida hukumat rahbarlari ishtirokida viloyat faollarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, tashkiliy masalalar ko‘rilishi kutilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Zafar Ro‘ziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelmoqda. Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qashqadaryo viloyati prokuroridir. Dilshod Tursunboyev 2016 yil 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyati IIBning boshlig‘i etib tayinlangan bo‘lsa, Ravshanjon Nasimov 2019 yil 12 mart kuni Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan
14:03 / 11.06.2024
Hisorak suv ombori. U qachon qurilgan va Qashqadaryo uchun nimasi bilan muhim?
10:15 / 10.06.2024
“Kimdan ruxsat so‘rab o‘rimni boshladingiz?” – Qashqadaryoda IIB xodimi fermerning faoliyatiga qarshilik qildi
17:10 / 02.06.2024