Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mening ishimni qaysi sud ko‘radi o‘zi?». Fuqaro sudma-sud sarson. 2-qism
Sud tizimining isloh etilishi va yangicha ish uslubiga o‘tilishi qonun hujjatlarida ayrim noaniqliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Sud-huquq faoliyatiga oid qonunchilikdagi ba'zi protsessual kamchiliklar yuzasidan tahririyatga yo‘llanayotgan murojaatlarni omma e'tiboriga havola etib kelmoqdamiz. Yodingizda bo‘lsa, bir necha kun ilgari saytimizda sudma-sud sarson bo‘lib, ishi qaysi sudda ko‘rilishini aniqlay olmayotgan fuqaro haqida xabar bergan edik.
Shu maqoladan so‘ng, tahririyatga shunga o‘xshash murojaatlar ko‘plab kela boshladi. Shundaylardan birini e'tiboringizga havola etmoqchimiz.
Toshkent shahar IIBB PPX va JTSB ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona safdor xodimi kichik serjant Jahongir Xidirov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining buyrug‘i bilan qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatilgan (qoidaga ko‘ra bu xizmatdan chetlatish va ishdan bo‘shatishni anglatadi).

J.Xidirovning ishga tiklashda amaliy yordam so‘rab prokuratura organlariga yo‘llagan murojaatiga berilgan javob xatida ishga tiklash masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish lozimligi tushuntirilgan.
Shunga ko‘ra, sobiq ichki ishlar organi xodimi ishga tiklashni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga murojaat qilgan edi. Ushbu sudning ajrimi bilan, da'vo arizasi da'vogarga qaytarilib, unga o‘zi yashab turgan tumandagi ma'muriy sudga murojaat etish huquqi tushuntiriladi.

J.Xidirovning ishga tiklashga oid arizasi bo‘yicha Mirobod tuman Ma'muriy sudi esa quyidagi mazmunda qarori chiqardi:
Arizachi Xidirov Jaxongir Turayevichning shikoyatini qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksining 133-moddasi 1-qismi 1-bandi (ish ma'muriy sudga taalluqli bo‘lmasa)ga asosan rad etilsin.

Qiziq holat, shunday emasmi? Ikki xil ixtisoslashuvdagi sudning ikki xil mazmundagi ajrimlaridan boshi qotgan fuqaro, har qanday protsessual qoidalar chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri Oliy sudga shikoyat yo‘lladi. Qonunda aniq qilib belgilab berilmagan nizoning sudlovga taalluqliligini balki Oliy sud belgilab berar...
Bu murojaatni jamoatchilik e'tiboriga havola etish orqali ichki ishlar organi xodimining ishdan bo‘shatilishi masalasini muhokama qilish fikridan yiroqmiz. Lekin, nizolarning predmeti bo‘yicha sudlovga taalluqligigi qonun hujjatlarida aniq belgilab qo‘yilmas ekan, yuqoridagi kabi sarson-sargardonliklar, ovoragarchiliklar va byurokratiya davom etaveradi.
Bahodir Ahmedov
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
19:35 / 25.12.2025
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
18:28 / 25.12.2025
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?
18:56 / 22.12.2025