Fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biri, sudlar adolatni ta'minlaşidir. Huquqingiz buzildimi? Marhamat, sudga murojaat qiling. Qörqmasdan, könglingizda zarraça şubhasiz. Fuqarolarning işonçi qaçon şu nuqtaga yetganda bilingki, qonun ustuvorligi har jabhada öz sözini baralla aytmoqda.
Tahririyatimizga kelgan navbatdagi murojaat mazmunini tinglab yoqamizni uşladik. Bir fuqaro öz da'vosi bilan sudga murojaat etgan. Ammo, sudlarning ham turi köpda, ya'ni fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy, harbiy va ma'muriy sudlar. Bu fuqaroning işi endi qay biriga töğri kelsa? Şu masala muammoga aylangan. Aytaylik, bir fuqaro boşqa fuqaroni haqorat qilsa, avval bu iş ma'muriy sud tomonidan, söngra belgilangan muddat içida takroran bu qilmiş sodir etilsa, jinoiy harakat sanalib jinoyat sudida körib çiqiladi.
Işning mazmuni
Murojaatçi 2014 yilning oktyabriga qadar Içki işlar Qorovul qöşinlari Boş boşqarmasiga qaraşli harbiy qismda kontrakt asosida işlab kelgan. Öşa yilning 25 avgust kuni xizmat tekşiruvi ötkazilgan.
Murojaatçi işni körib çiqişdagi muddatlar masalasida şikoyat qilgan.
Unga köra,
1) xizmat tekşiruvidan 15 kun ötib tekşiruv xulosasi tuzilgan;
2) 37-kun xodimning mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Bu bilan Mehnat Kodeksining 101-moddasi, 4-qismi qoidalari buzilgan, ya'ni belgilangan muddatlar ötib ketgan, deya arz qilgan.
Mehnat kodeksining 182-moddasiga köra, intizomiy jazoga tortiş uçun xatti-harakat aniqlangandan keyin bir oy içida qöllanilişi lozim, deb belgilangan. Murojaatçi uşbu vajlar bilan sudga arz qilib öz huquqlarini tiklamoqçi bölgan. Ammo, buyoği u öylagançalik oson bölsa qaniydi...
Sudlar ostonasidagi mavhumlik
Harbiy sud
Avvaliga harbiy qismda işlab böşatilgani sababli harbiy sudga murojaat qiladi. Toşkent harbiy sud raisi özining javob xatida harbiy sudlar qanday işlarni körişi haqida tuşuntiriş berib ötadi. Ya'ni, «Sudlar töğrisida»gi Qonunning 41-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Içki işlar vazirligi qöşinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq taşkil etiladigan boşqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatçilari, şuningdek, öquv yiğinlarida bölgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar töğrisidagi işlarni;





















