Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mintaqaning besh prezidenti ham BMTda nutq so‘zladi – MO hafta ichida
Shu hafta Nyu Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida Markaziy Osiyoning barcha besh davlati — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari chiqish qildi. Ularning hammasi “Umumiy debatlar” birinchi kunidayoq nutqini taqdim etdi. Tashabbuslar bir-biriga o‘xshash, siyosiy mas’uliyat ko‘proq Qozog‘iston va O‘zbekistonda.
Umumiy mavzular
Prezidentlarning nutqlarida bir nechta umumiy jihatlar sezildi. Avvalo hammasi BMT tizimida islohot zarurligini ta’kidladi. Xususan, Xavfsizlik Kengashini kengaytirish, unga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlaridan ham vakillarni kiritish kerakligi qayd etildi.
Yana bir katta mavzu — iqlim o‘zgarishi va ekologiya. Suv taqchilligi, barqaror energiya, yashil texnologiyalarni rivojlantirish haqida gapirildi. Shuningdek, barcha rahbarlar transport, savdo va raqamli bog‘lanish masalalarini ko‘tardi. Mintaqaviy integratsiya va hamkorlikni mustahkamlash umumiy maqsad sifatida namoyon bo‘ldi.
Har bir davlatning urg‘usi
Shu bilan birga, har bir davlat rahbari o‘ziga xos mavzularni ham oldinga surdi. Masalan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev BMTdagi islohotlarni kengroq tushuntirib, “o‘rta kuchlar” — ya’ni katta davlatlar o‘rtasida ko‘prik bo‘ladigan mamlakatlarning rolini kuchaytirish g‘oyasini ilgari surdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa Markaziy Osiyoda mintaqaviy muloqot va integratsiyani rivojlantirish, transport yo‘llari va infratuzilmalarni kengaytirishga urg‘u berdi.
Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov zamonaviy texnologiyalar haqida gapirdi. U sun’iy intellekt va raqamli infratuzilmalarni rivojlantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va ekologik muammolarga e’tibor qaratdi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon suv resurslari va ekologik xavfsizlikni asosiy mavzu qildi. U mintaqada suv taqchilligi jiddiy muammoga aylanayotganini eslatib, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.
Turkmaniston rahbari Sardor Berdimuhammedov esa energiya va tabiiy gazga oid tashabbuslarni ko‘tardi. U mintaqada tranzit yo‘llarini kengaytirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Umumiy xulosa
Xullas, Markaziy Osiyo prezidentlari BMT minbaridan turib bir-biriga yaqin takliflarni ilgari surishdi: barqarorlik, iqlim, mintaqaviy hamkorlik va BMT islohoti. Shu bilan birga, har biri o‘z mamlakatining muhim muammosi va ustuvor yo‘nalishiga urg‘u berdi. Bu chiqishlar Markaziy Osiyo davlatlarining tobora faolroq global o‘yinchiga aylanayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
13:06 / 30.11.2025
Sobiq prezidentning qamoqdagi o‘g‘li, qurib ketgan suv omborlari va Qozog‘istonda yana referendum – MO hafta ichida
13:06 / 23.11.2025
25 yillik jinoyat, rasmga olishga taqiq va Hindistonga qatnayotgan «Tolibon» vazirlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
12:30 / 09.11.2025
Mintaqa liderlari Oq uyda yig‘ildi – Markaziy Osiyo hafta ichida
14:50 / 02.11.2025